Amirlik — islom mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mulk, viloyat. Arab xalifaligi davrida bunday mulk boshligʻi xalifa tomonidan tayinlangan yoxud tasdiqlangan. Xalifalik parchalangach hamda 20-asr gacha ham mustaqil, ham vassal mulklar A. deb atalgan (mas, Arabiston yarim oroldagi Najd, Shammor, Asir, hozirgi Birlashgan Arab amirliklari va boshqalar). Muayyan davlat bir-lashmasining A. deb atalishi shartli boʻlib, tarixshunoslikda qabul qilingan anʼanaga bogʻliq (mas, Buxoro amirligi).[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Amirlik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil