Ammiakatlar — tuzlar bilan ammiakning birikishidan hosil boʻlgan kompleks birikmalar. Mas, Cu(NH3)4SO4 — mis ammiakat yoki tetramin mis sulfat; [Pt(NH3)JC14 — geksamin platinxlorid; [Ni(NH3)6]CI2 — geksa-min nikel xlorid. Koʻpchilik A. ancha barqaror boʻladi (qarang Kompleks birikmalar). Qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan mochevina, ammiakli selitra va boshqa azotli oʻgʻitlarni ammiak bilan toʻyintirib olingan A. oʻtkir ammiak hidli, rangsiz, baʼzan sargʻish suyuqlik boʻlib, oʻgʻit sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil