Ammoniy fosfatlar – ortofosfat kislota (N3RO4)ning bir, ikki va uch vodorodli ammoniy guruhi (NH4)ra almashgan tuzlari. Ammoniy digidrofosfat NH4H2PO4 – rangsiz, barqaror modda: 0°da 100 g suvda 25 g eriydi. Ammoniy gidrofosfat (NH4)2HPO4 – beqaror modda, 70°da ammiak bilan ammoniy gidrofosfatga parchalana boshlaydi, suvda yaxshi eriydi. Ammoniy fosfat (NH4)3PO4 – beqaror modda, 20° dayoq ammiak ajratib parchalanadi. Ammoniy fosfatlar fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash natijasida olinadi. Ammoniy digidrofosfat oʻgʻit (qarang Ammofos) sifatida, ammoniy gidrofosfat esa oziq-ovqat achitqilari sifatida va metallarni fosfatlash maqsadida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil