Ammoniylashuv
Ammoniylashuv, ammonifikatsiya (ammoniy va lot. facio – qilaman) – azotli organik moddalarning ammiak ajratib parchalanish jarayoni. Tuproqda azotli moddalarning koʻpchiligi (99%) oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydigan (gumus, organik oʻgʻitlar, oʻsimliklar qoldiqlari, hayvonot va mikroorganizmlar qoldiqlari) holda boʻladi. Ammoniylashuv jarayoni natijasida ular oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan holga keladi. Oqsil moddalar tuproqda chirituvchi bakteriyalar, shuningdek aktinomitsetlar va mogʻor zamburugʻlar taʼsirida parchalanib, ammiak hosil qiladi. Ammiak ammoniylashuv davrida paydo boʻlgan oddiy kislotalar bilan birga reaksiyaga kirishib, ammoniyning suvda oson eriydigan tuzlarini hosil qiladi. Ammoniyning bunday shakldagi turlarini oʻsimliklar oson oʻzlashtiradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |