Amoraimlar (orom. «amora» - «ustoz», «gapirayotgan kishi») - 3-5 asrlar Bobil va Falastin ravvinlari.Tanaxning oromiy tilidagi sharxdari - «Gemara»ning mualliflari. Dastlab, oromiy tilidagi “amora” so‘zi darsni tushuntirayotgan ustozning aytgan so‘zlarini baland ovozda qaytargan shogirdni anglatgan.Amoraimlar Mishnani tushuntirish yoki sharhlashni o‘zlarining asosiy vazifalari deb bilganlar. Tartibga ko‘ra, Amoraimlar Tavrotni o‘rganish faoliyati uchun moliyaviy mablag' olmasdilar. Shu sababli, ularning aksar qismi dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat bilan shug‘ullanishgan. Amoraimlar davrini o‘rgangan mutaxassislar ularni silsilalarga ajratishgan. Dastlabki, besh avlod silsilasida ham falastinlik ham bobillik sharhlovchilar bo‘lgan bo‘lsa, ikki so‘nggi avlod vakillari esa, faqat Bobilda faoliyat olib borgan. Chunki, bu vaqtga kelib Iyerusalim Talmudi yakunlangan edi. Manbalarda ularning jami soni ikki ming atrofida deb belgilangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 33.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.