Amoriylar, amurru – Qadimgi Arabistondan chiqqan somiy qabilalar. Mil.av. 24-16-asrlarda Suriya dashtlarida yashagan. Amoriylar miloddan avvalgi 2024-yil elamiylar bilan birgalikda Oʻrning III sulolasi davlatini tor-mor keltirib, miloddan avvalgi 1894-yil Bobilni bosib olib tarixda muhim oʻrin tutgan podsholikka asos solgan. Keyinchalik Ikki daryo oraligʻi, Suriya, Falastinning mahalliy aholisi bilan aralashib ketgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan amoriylar yerlari Suriya deb atala boshlagan[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Amoriylar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil