Famagusta
(Amoxostosdan yoʻnaltirildi)
Famagusta, Amoxostos – Kiprning janubi-sharqiy qismidagi shahar va port. Aholisi 37,7 ming kishi (2001). Savdo markazi, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan baliq ovlanadi. Arxeologiya yodgorliklari muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi III asrda asos solingan va oʻsha davrda Arsinoya deb atalgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan XIV-XIV asrlarda qurilgan shahar devori, gotika cherkovi, saroylar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |