Amplitron
Amplitron (ing. „amplifier“ – „kuchaytirgich“) – oʻta yuqori chastotali toʻlqinlarni keng polosali kuchaytiradigan elektr vakuumli asbob. Magnetron va M-turdagi asbob birikmasidan iborat. M-turdagi asbob yuguruvchi toʻlqin lampasi boʻlib, unda elektronlar kesishuvchi elektr va magnit maydonlarida harakatlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |