Amplitudaviy analizator
Amplitudaviy analizator – elektr impulelar amplitudalarining taqsimlanish qonuniyatini topish uchun ishlatiladigan qurilma. Amplitudaviy analizator yordamida, odatda, tasodifiy impuls jarayoni amplitudasining shu amplituda oraligʻida paydo boʻlgan impulslar soni boʻyicha taqsimlanishi tahlil qilinadi. Amplitudaviy analizator eksperemental fizikada har xil nurlanish zarrachalari energiyasining taqsimlanishini tahlil qilishda, uz-luksiz tasodifiy jarayonni tekshirishda, radiolokatsiya va radioaloqada signallarning murakkab shaklini tahlil qilishda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |