Amu Hoji
Eronlik jurnalistlar tomonidan „dunyodagi eng kir odam“ laqabini olgan Amu Hoji Fors viloyatida yashagan va yarim asrdan koʻproq vaqt davomida yuvinishdan qatʼiyan bosh tortgan.
Amu Hiji | |
---|---|
Tavalludi | |
Vafoti |
24-oktyabr 2022-yil Eron Deygah |
Hayot tarzi
tahrirBunga sabab sifatida u suv va sovun uni oʻlimga olib kelishidan qoʻrqishini aytgan[1]. Amu Hoji oʻzining gʻayrioddiy hayot tarzini yoshligida juda koʻp tushkunliklarni boshidan kechirganligi bilan izohlagan. Amu Hoji ham tamakining ashaddiy ishqibozi boʻlib, baʼzan bir vaqtning oʻzida bir nechta sigaret chekib, barmoqlari orasiga qator qilib qoʻygan holatdagi suratlari tarqalgan. Koʻp yillar davomida sovun va suv tegmagan Amu Hojining terisi qorayib qalin kir bilan qoplangan, ammo bu uni umuman bezovta qilmagan. Uning eski idishdan ichayotgan suvi va isteʼmol qilgan chirigan goʻsht ham sogʻligʻiga taʼsir qilmagan.
Kasallikning boshlanishi
tahrirBundan bir necha oy oldin mahalliy aholi vakillari Amu Hojini choʻmilishga majburlashgan. Dush qabul qilgandan keyin Amu Hojining ahvoli ogʻirlashgan[2]. Amu Hojining ahvoli yomonlashgandan keyin unga tibbiy yordam koʻrsatilgan ammo bu yordam bermagan.
Vafoti
tahrirAmu Hoji choʻmilganidan keyin kasal boʻlgani holida tuzalmagan[3] va 24-oktabr, yakshanba kuni Fors viloyatidagi Deygah qishlogʻida vafot etgan[4]. Olimlar oʻlimning aniq sababi nima ekanligini ayta olishmagan, lekin katta ehtimol bilan Amu Hojining oʻlimiga doimiy kundalik hayotning va gigienik muhitning oʻzgarishi va buni Amu Hojining organizmi qabul qila olmagani sabab boʻlgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.bbc.com/russian/other-news-63353317
- ↑ https://iz.ru/1415806/2022-10-25/v-irane-v-vozraste-94-let-umer-samyi-griaznyi-chelovek-v-mire-amu-khadzhi
- ↑ https://life.ru/p/1534178
- ↑ https://focus.ua/world/534397-samyy-gryaznyy-chelovek-indii-umer-posle-pervogo-kupaniya-za-poslednie-60-let-the-guardian
- ↑ https://lenta.ru/news/2022/10/25/dirtiestman/
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |