Amur neolit madaniyati
Amur neolit madaniyati -Amur daryosi havzasidagi neolit (miloddan avvalgi 5- ming yillikning oxirlari va 1-ming yillikning boshlarigacha) ma-daniyati yodgorliklari. Kulolchilikda spiralsimon naqshlar, tagi qizil qora bezaklar paydo boʻlgan. Toshdan ishlan-gan ov qurollari (bolta, nayza uchi va 455sh.k.) topilgan. Keyingi davrda boʻyni uzun idishlar, silliq pichoqlar, oq ne-frit uzuklar, yirik tosh boltalar paydo boʻlgan. Evoron koʻli yaqinidagi Sargol qishlogʻidan topilgan soʻnggi neolit dav-riga oid buyumlar keyingi davrlarda quyi Amurga shimolida yashagan qabilalar koʻchib kelganini tasdiqlaydi. Ad.: Istoriya Sibiri s drevneyshix vremyon do nashix dney, t. 1, L., 1968.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |