Zambiya
Zambiya (inglizcha: Zambia [ˈzæmbiə] Zambiya Respublikasi (Republic of Zambia) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 752,614 km2. Aholisi 14,222,233 kishi (2013). Poytaxti — Lusaka shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi.
Zambiya Respublikasi Republic of Zambia
| |
---|---|
Shior: One Zambia, One Nation | |
Madhiya: Lumbanyeni Zambia | |
Poytaxt | Lusaka |
Rasmiy til(lar) | Ingliz |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Edgar Lungu | |
• Sana |
24-oktabr 1964 |
Maydon | |
• Butun |
752 614 km2 (39-oʻrin) |
• Suv (%) |
1 |
Aholi | |
• 2017-yilgi roʻyxat |
17 094 130 (71-oʻrin) |
• Zichlik | 14/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$10,230 mil. (137-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$908 |
Pul birligi | Kwacha (ZMK) |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
• Yoz (DST) |
UTC+2 |
Qisqartma | ZA |
Telefon prefiksi | 260 |
Internet domeni | .zm |
|
Davlat tuzumi
tahrirZambiya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1996-yilda qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament — Milliy assambleya, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
tahrirZambiya Sharqiy Afrika yassitogʻligida, Janubiy yarim sharning subekvatorial mintaqasida joylashgan. Hududida togʻ va tepaliklar uchraydi, aksar qismining balandligi — 1000–1350 m. Eng baland joyi — Muchinga togidagi Mumpu choʻqqisi (1893 m). Keng yassi botiqlarining koʻpi Sharqiy Afrika siniqlari zonasiga kiradi. Zambiyada mis, rux, qoʻrgʻoshin, vanadiy, temir, uran rudalari, marganets, grafit, oltin, qalay, toshkoʻmir konlari bor. Iqlimi subekvatorial. Zambiyada yil davomida aniq uch mavsum kuzatiladi: issiq va quruq (avgust—oktyabr), iliq va sernam (noyabr— aprel), quruq va salqin (may—iyul). Eng issiq oy (oktyabr)ning oʻrtacha harorati 23—27 °C, eng salqin oy (iyul)niki 15—20 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin janubda 700 mm dan shimolda 1400 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi va uning irmoqlari — Kafue va Luangva. Daryolari serostona boʻlganidan kemalar daryolarning baʼzi joylaridagina qatnaydi. Zambezi daryosida Viktoriya sharsharasi bor. Eng yirik koʻli — Bangveulu; Tanganika koʻlining janubiy, Mveru koʻlining sharqiy qismi ham Zambiya hududida. Yogʻin koʻproq yogʻadigan joylardagi qizil laterit tuproqli yerlar mavsumiy sernam tropik oʻrmon va baland oʻsadigan oʻtli savannalardan iborat. Quruq iqlimli joylarida jigarrang qizil va qizilqoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Mamlakat hududining 1/2 qismini siyrak daraxtli quruq tropik oʻrmonlar egallagan. Savannalarda fil, buyvol, karkidon (2 turi), zebra, kiyik, arslon, qoplon, chiyaboʻri va boshqalar bor. Qush va sudraluvchilar (jumladan nil timsohi, kobra va boshqalar) koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Setse pashshasi chorvachilikka katta ziyon yetkazadi. 20 ga yaqin milliy bogʻi (Kafue, Sioma Ngvezi, Shimoliy va Janubiy Luangva va boshqalar) bor.
Aholisi
tahrirAholisining 99% bantu oilasining turli guruhiga mansub afrikaliklar; asosiylari bemba, tonga, lozi, lunda, malavi va boshqa Yevropaliklarning aksariyati ingliz va afrikanerlar. Osiyoliklar ham bor. Rasmiy til — ingliz tili. Aholisining 80%i xristianlar boʻlib, ularning koʻplari mahalliy anʼanaviy dinlarga ham eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 42%.
Tarixi
tahrirZambiya hududida uzoq oʻtmishda odamlar yashagani maʼlum. Aniklangan yodgorliklar paleolit davriga mansub. Kabve shahri atrofida ibtidoiy inson suyaklari topilgan. Guisho bulogʻi yaqinida va Nachikufu gʻorida istiqomat qilgan kishilar ov va yovvoyi mevalarni terish, baliqchilik bilan shugʻullanganliklari aniklangan. 17—18-asrlarda Zambiyada bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar hukmronlik qilgan. Bu davrda dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik rivojlangan. 18-asr oxirida Zambiyaga portugallar, keyinchalik inglizlar kirib kelgan paytda kichikkichik davlatlar va qabila uyushmalari boʻlgan. Ularning moddiy madaniyati yuqori darajada rivojlangan edi. 19-asrning 90 yillarida Zambiyani Britaniyaning S. Rode boshchiligidagi Janubiy Afrika kompaniyasi bosib olib, dastlab ikki hududga boʻlib boshqardi. 1911 yil bu ikki hudud Shimoliy Rodeziya nomi bilan birlashtirildi. 1924 yil Shimoliy Rodeziya Britaniya protektorati deb eʼlon qilindi. Yirik mis va polimetall ruda konlari topilishi bilan konchilik sanoati rivojlandi, shaharlar va temir yoʻllar qurila boshladi. Anʼanaviy dehqonchilik tanazzulga uchrab, dehqonlar xonavayron boʻldi. 20—30 yillarda mustamlaka tuzumiga qarshi uyushgan holda kurash boshlandi. 1935 va 1940 yillari mis konlarida yirik gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Noroziliklar qurol yordamida bostirildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Shimoliy Rodeziyada mustamlakachilarga qarshi kurash kuchaydi. Bunga Afrika milliy kongressi, Afrika kon ishchilari kasaba uyushmasi rahbarlik qildi. 1953 yil Rodeziya Federatsiyasi va Nyasalend tuzilib, unga Shimoliy Rodeziya ham qoʻshib olindi. 1958 yil Zambiya milliy kongressi Afrika milliy kongressidan alohida partiya boʻlib ajralib chiqdi. Keyinchalik uning asosida K. Kaunda rahbarligida Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi tuzildi (1959). 60 yillar boshida mamlakatda federatsiyadan chiqish va mustaqil davlat tuzish uchun kurash kuchaydi. Natijada Shimoliy Rodeziya 1964 yil yanvarda oʻzini oʻzi idora qilish huquqini oldi. 24 oktabrda esa mustaqil Zambiya Respublikasi deb eʼlon qilindi va prezidentlikka K. Kaunda saylandi. 1968—69 yillarda Zambiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida eng yirik chet el savdo, sanoat va mis konlari kompaniyalari ustidan nazorat oʻrnatdi. 1973 yildagi konstitutsiyaga koʻra, "Zambiya insonparvarligi" siyosiy dasturi qabul etildi. U xususiy mulkchilikni saqlab qolgan holda oddiy inson ehtiyojlarini toʻliq qondirish maqsadini qoʻydi. 1991 yil koʻp partiyali asosdagi saylovda F. Chiluba prezidenta etib saylandi. 1964 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1994 yil 1 fevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 24 oktabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1964).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
tahrirKoʻp partiyali demokratiya uchun harakat, 1990 yilda tuzilgan; Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Zambiya demokratik kongressi, 1995 yil tuzilgan; Milliy partiya, 1993 yil tuzilgan; Zambiya kun tartibi, 1996 yil asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun anjuman, 2001 yilda Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat partiyasi parchalanishi natijasida tuzilgan. Zambiya kasaba uyushmalari kongressi 1965 yilda tuzilgan, Umum Afrika kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.
Xoʻjaligi va iqtisodiyot
tahrirZambiya mustamlakaga aylangan davrdan uning iqtisodiyoti dunyo bozoriga, asosan, Buyuk Britaniyaga fakat mis va polimetallar yetkazib berishga ixtisoslashib, xoʻjaligining boshqa tarmoqlari kon sanoatiga xizmat kilib keldi. Yalpi ichki mahsulotda togʻkon sanoati 9%, ishlab chiqarish sanoati 31,8%, qishloq xoʻjaligi 18% ni tashkil etadi. Sanoati. Togʻkon sanoati va rangli metallurgiya rivojlangan. Zambiya mis rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Mis 6 yirik kondan kazib olinadi. Mis bilan birga kobalt, kumush va oltin ham chiqadi. Polimetall rudalari va kadmiy, gips, talk va qurilish materiallari konlari ham bor. I.ch. sanoati rangli metallurgiya korxonalaridan tashqari oziqovqat, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, metallsozlik, sement sanoati tarmoqlaridan iborat. Tegirmonlar va novvoyxonalar, kushxonalar, qand zavodlari, sut mahsulotlari, sariyogʻ, mol yogʻi va oʻsimlik moyi ishlab chiqarish korxonalari, tamaki korxonalari ishlaydi. Kafueda toʻqimachilik, Lusakada paxta tozalash fkalari bor. Kime va neftni qayta ishlash sanoati oʻgʻitlar, boʻyoqlar, loklar, avtoshinalar, plastmassa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Chilanga va Ndoladagi sement zavodlari binokorlik ashyolari sanoatida yetakchilik qiladi. KapiriMposhida oyna va shisha idishlar ishlab chikaruvchi zavodlar, Luanshyeda elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiy buyumlari, Lusakada qora metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zdlar mavjud. Mashinasozlik korxonalari orasida eng yirigi — Livingstondagi avtomobil yigʻuv zdidir. Radioapparatlar, qishloq xoʻjaligi anjomlari ishlab chiqaruvchi zdlar ham bor. Bir yilda oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chikariladi.
Qishloq xoʻjal i gida mamlakat iqtisodiy faol aholisining 76% band. Gʻallachilik — dehqonchilikning asosi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini makkajoʻxori boʻlib, u Lunda, Mazabuka, Tonga platosi, Barotsa tekisligi, Luangva daryosi vodiysi yerlarida, tariq va joʻxori Luapula, Shimoliy va Shimoli-gʻarb viloyatlarida, Luangva, Zambezi daryolari vodiylarida yetishtiriladi. Oz miqdorda bugʻdoy ekiladi, u ichki ehtiyojning atigi 10% ini qondiradi. Sholi, paxta, yer yongʻoq, soya, kungaboqar, shakarqamish, tamaki, choy, kofe, meva ham yetishtiriladi. Mamlakat oziqovqatga boʻlgan ehtiyojlarini oʻzi qoplay olmaydi. Chorvachilikdagi mollar asosan yaylovda boqiladi. Yaylovlarda oziq kamligi va setse pashshasining koʻpligi chorvachilikni rivojlantirishga yoʻl qoʻymaydi. Mamlakatda goʻsht, sut va sut mahsulotlari yetishmaydi. Zambiya hududining 17% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlardagi qaragʻay, evkalipt daraxtlaridan asosan konchilikda shpal va mustahkamlagich sifatida foydalaniladi, rodeziya tiki (qattiq yogʻoch) ichki bozorni taʼminlaydi va chetga sotiladi. Oʻrmonlardagi daraxtlarni kesish va qayta ishlash bilan davlat kompaniyalari shugʻullanadi. Baliqchilik — afrikalik aholining anʼanaviy mashgʻuloti. Baliq, asosan, Bangveulu, Mveru, Chishi, Tanganika koʻllarida, Kafue, Zambezi, Lua pula daryolarida, Lukanga botqokligida ovlanadi.
Zambiya chetga mis, rux, kobalt, qoʻrgʻoshin chiqaradi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, yoqilgʻi, kimyo mahsulotlari, oziqovqat oladi. Asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — kvacha. Sogʻliqni saqlash. Davlatga qarashli davolash muassasalari bepul. Bundan tashqari Lusaka va Kopperbeltda xususiy tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Vrachlar Zambiya universiteti huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari
tahrirZambiya mustaqillikka erishgach, boshlangʻich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga oʻqitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlangʻich maktabda oʻqiydi. Boshlangʻich maktabning 1— 4sinflarida darslar ona tilida, soʻng ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktab 5 yillik. Boshlangich maktablar uchun oʻqituvchilar kichik (toʻliqsiz) oʻrta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2—3 yil davomida tayyorlanadi. Kichik oʻrta maktab oʻqituvchilari esa toʻliq oʻrta maktab negizida pedagogika kollejlarida 2 yil davomida, toʻliq oʻrta maktab oʻqituvchilari universitetda tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada universitet (8 ft), KitveNkanada uning filiali bor. Z.da yana bir qancha institut va kollejlar, shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji (hammasi Lusakada), boshqa shaharlarda ham turli kollejlar mavjud.
Yirik kutubxonalari: Lusakada universiteti kutubxonasi, kutubxonalar maxdamasi, milliy arxivi, shahar ommaviy kutubxonasi. Ndola va Kitve Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy muzeyi, Milliy mustakillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.
Ilmiy muassasalari: Lusakada Milliy ilmiy tadqiqot kengashi, Geol. xizmati, Zambiya universiteti huzuridagi Afrika tadqiqotlari instituti, pedagogika tadqiqot byurosi, Chilanida Balikchilik markaziy tadqiqot instituti, Mazabukada Markaziy veterinariya styasi, KitveNkanada Oʻrmontexnika tadqiqot byurosi, Tibbiyot tadqiqot byurosi va b. Bir qancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor.
Transporti
tahrirZambiyada 2 temir yoʻl liniyasi boʻlib, ular davlat tomonidan boshqariladi. Temir yoʻlning uz. — 2,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 37,4 ming km, shundan 14 ming km qattiq qoplamali. Ichki suv yoʻllarining uz. — 2250 km. Ichki porti Tanganika koʻlidagi Mpulungu portidir. Zambiya hududi orqali Dor ussalom—Ndola neft quvuri oʻtkazilgan. Xalqaro aeroportlari: Lusaka, Ndola, Livingstonda.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
tahrirZambiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Zambiya gavernment gazett" ("Zambiya hukumat gazetasi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1911 yil tashkil etilgan), "Zambiya deyli meyl" ("Zambiya kundalik xabarlari", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1960), "Tayme of Zambiya" ("Zambiya vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1943), "Intanda" ("Yulduz", tonga tilidagi oylik gazeta, 1958), "Sandi tayme of Zambiya" ("Zambiyaning yakshanba vaqti", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1965), "Yus" ("Yoshlar", ingliz tilida qar chorakda chiqadigan jurnal, 1974). 3. Axborot agentligi 1969 yil tuzilgan. 3. radioeshittirish xizmati 1966 yil tashkil etilgan boʻlib, hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Telekoʻrsatuvlar Lusaka sh.dan olib boriladi.
Adabiyoti
tahrirZambiya adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalari asosida rivojlanmoqda. J. Chivalening bemba va luba xalqpari tillaridagi "Markaziy bantularning tarixiy tuzuklari" kitobi (1962) va J. Musapuning "Alamango" dostonlar toʻplami (1962) adabiy hayotda muhim voqea boʻldi. Biroq mahalliy tillardagi badiiy adabiyot unchalik ommalashmadi. 70 yillarda Zambiya yozuvchilarining ingliz tilidagi asarlari paydo boʻldi. D. Mulayshoning "Soqovlar tili" romani mashhur boʻldi. Unda zamonaviy jamiyat axlokiy muammolari majoziy tarzda tasvirlangan. M. Lisvaniso tahriri ostida "Zambiya ovozlari" nomi bilan qisqa hikoyalar majmuasi, G. Pirining "Taqdir qismati", "Qaltis qiliq" romanlari va b. asarlar bosilib chikdi. P. Mulenga, M. Kasese, O. Simpson, Anna Shtigler, R. Bapti kabi shoirlar, Ch. Vyas, U. Saidi kabi yozuvchilar mashhur boʻldi. 1978 yilda 3. yozuvchilarining milliy uyushmasi tuzilib, barcha adiblar unga birlashdilar.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
tahrirZambiyaning shimoliy va sharqiy mintaqalarida qoya toshlariga chizilgan turli rayem va tasvirlar topildi, ularning ilk namunalari mil. av. 4-ming yillikka Lusaka shahridagi zamonaviy bino. Subligi qayd etilgan. Maʼdan boʻyoqlar (aksari qizil, sariq, oq, qora rangda) bilan tushirilgan tasvirlarda jonivor (fil, kiyik, tuyaqush)lar, odamlar qiyofasi va ov manzarasi gavdalantirilgan. Zambiyadagi turar joylar, asosan, xashak va qamishdan aylana tarhli qilib qurilgan, devorlari loy suvoqli chaylasimon uylardan iborat boʻlib, ularning tomi qamishdan kulohiy shaklda ishlangan, boʻgʻoti ostida ayvoncha hosil qilinadi. Uy devori loy bilan suvalib, rangbarang qilib boʻyaladi. Z.ning 20-asr boshlarida qad koʻtargan shaharlari — Lusaka, Livingston, Ndola erkin loyihada, koʻchalari keng, atrofiga temir beton va xom gʻishtlardan kam qavatli imoratlar qurilgan. Kafue daryosi qirgʻogʻida shu nomda sanoat markazi barpo etilgan. Viktoriya sharsharasi yonida qurilgan sayyoxdar majmui milliy turar joy uslubida bezatilgan. Zambiyaning kasbiy sanʼati yaqinda paydo boʻldi. Rassomlardan R. Sililo alohida ajralib turadi. Uning moʻyqalamiga mansub xalq tarixi va zamonaviy qishloq turmushi manzaralari Lusakadagi muzeyni bezab turibdi. Rangtasvir va haykaltaroshlik ustalari G. Tayali, R. Sichalve, rassomlar B. Kabamba, F. Chinyama, R. Kausu, B. Kalulular ijodi tahsinga sazovor. 3. sanʼat markazi har yili tasviriy va amaliy sanʼat asarlari tanlovini oʻtkazib turadi. Musiqasi. Afrikalik boshqa xalklar kabi 3. xalkining musiqa sanʼatida ham koʻshiq, raqs va soz chambarchas boigangan. Toʻptoʻp boʻlib tushiladigan ngoma raqsi, barabanlar joʻrligidagi ichila raqsi rayem boʻlgan. Allalar, toʻy marosim qoʻshiqlari, marsiyalar keng tarqalgan. Diniy marosim qoʻshiq va raqslari (zikr tushish, insjinslarni kuvish, jinlar bazmi kabi) hamon uchrab turadi. Mamlakatga yevropaliklar kelishi bilan (18— 19-asrlar) xristian munojatlari ommalasha boshladi, afrikacha va yevropacha musiqa uslublari qorishgan qoʻshiqchilik shakllandi, qoʻshni xalqlarning musiqa va qoʻshiqlari ham kirib kela boshladi. Mustaqillikka erishilgandan keyin mamlakatda koʻpgina musiqa jamoalari vujudga keldi. Lusaka radiosi dastasi, akauka Makoma kvarteti, "Salibchilar" kvarteti shular jumlasidan. Anʼanaviy musiqa ijrochilaridan — sozandalar M. Mataliyana, A. Mulena, E. Manda, xonandalar D. Mazuka, P. Maddilarni koʻrsatish mumkin. Rok musiqasi, disko, reggi kabi zamonaviy ommabop uslublarda ijod qiluvchi vokalcholgʻu ansambllaridan "Katta oltin oltilik", "Sehrgar", "Maoma"lar mashhur. Zambiya madaniyat mahkamasi anʼanaviy sanʼatni saqlash va rivojlantirish, ijodiy jamoalar tashkil etish bilan shugʻullanadi.
Teatri
tahrir1964 y.ga qadar Shimoliy Rodeziyada yevropalik havaskorlarning teatr guruhlarigina boʻlgan. 7 shaharda litltietr deb atalgan kichikkichik teatr binolari boʻlgan. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin Afrika teatr jamoalari vujudga keldi, 3. sanʼat uyushmasi tuzilib, unga dramaturgrej.lar G. Lumpa va K. Nkxata rahbarlik qildi. Esxilning "Oresteya" pyesasi mahalliy folklor uslubidagi musiqa va raqslar bilan sahnalashtirildi. Jo de Graftning "Oʻgʻil va qizlar" spektakli qoʻyildi. Zambiyada professional teatr yoʻq. Koʻpgina teatr jamiyatlari, guruxlari va klublar bor. Ularning ko'pi milliy teatr sanʼati uyushmasi va Zambiya teatr sanʼati ittifoqiga kiradi. Turlituman truppa va dastalar mamlakat ichkari tumanlariga borib tomoshalar koʻrsatadi. Truppalar repertuaridan mumtoz asarlar, zamonaviy Yevropa va Amerika dramaturglarining pyesalari asosiy oʻrin olgan. Koʻpincha falsafiy, baʼzan diniy mavzudagi asarlar sahnalashtiriladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |