Anabioz
Anabioz (yun. anabiosis — tiril-tirish, hayotga qaytarish) — organizmning hayot jarayonlari (moddalar alma-460shinuvi va boshqalar) juda sekinlashgan, yaʼni uning tirikligi sezilmaydigan dara-jaga oʻtgan holati. A.ni birinchi marta 1701-yilda golland biologi A. Levenguk hasharotlarda aniqlagan. A. organizmlar rivojlanishining turli bosqichlarida yashash sharoitining keskin yomonlashishi (past harorat, qurgʻoqchilik) tufayli so-dir boʻlishi mumkin. A. evolyutsiya davo-mida organizmning noqulay tashqi muhit sharoitiga moslashuvidan iborat. A. koʻpchilik organizmlarning rivojlani-shi jarayonida normal holat hisoblanadi. Masalan, bakteriyalar va zamburugʻlarning sporasi, oʻsimliklarning urugʻi, bir hujayrali hayvonlarning sistasi ancha uzoq muddat davomida tiriklik xusu-siyatini saqlab qolib, qulay sharoit tugʻilganida hayot faoliyatini qaytadan boshlaydi. A. holatida umurtqasiz hayvonlar (gidralar, chuvalchanglar, mol-lyuskalar, hasharotlar) oʻz tanasidagi suvning 1/3, hatto 1/2 qismini yoʻqotadi. 0°dan past haroratda sut emizuvchilarning qishki uyqusi ham A.ga oʻxshab ketadi. Lekin A. moddalar almashinu-vining keskin pasayganligi bilan karaxtlik va qishki uyqudan farq qiladi. A. hodisasidan tirik quruq vaksinalar tayyorlashda, toʻqima va organlarni kon-servatsiya qilishda keng foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |