Anaplazma
Anaplazma (Anaplazma) – bir hujayrali sodda organizm. Tanasi yumaloq, diametri 1 mkm gacha. Anaplazma nuqtadek boʻlib, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni jarohatlaydi. Anaplazma faqat mikroskopda koʻrinadi. Eritrositda 1 – 4 tagacha Anaplazma boʻlib, koʻpincha uning chetida joylashadi. Anaplazma oddiy boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi va anaplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi. Qoramol va qoʻy-echkilar qonida parazitlik qiladi.

Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |