Anatole France
FRANS (France) Anatol (taxallusi; asl ismsharifi Anatol Fransua Tibo) (1844.16.4, Parij — 1924.12.10, SanSirsyurLuar) — fransuz yozuvchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1896). Adabiy faoliyati bibliografik kataloglarga bitiklar, ensiklopediyalarga maqola va taqrizlar yozish bilan boshlangan. 60-yillarda "Parnas" adabiy guruhi bilan yaqinlashgan va bu hol uning ilk kitobi — "A. de Vini" (1868) da, shuningdek, "Oltin dostonlar" (1873) toʻplami va "Korinf toʻyi" (1876) dramatik dostonida oʻz aksini topgan. Shundan keyin F. sheʼriyatdan uzoklashib, 1879-yilda Ch. Darvin va I.Ten singari tabiiy fan namoyandalari taʼsirida "Iokasta" va "Qiltiriq mushuk" qissalarini yozgan. Osori atiqalar shaydosi — keksa filolog olimning kundaligi tarzida yozilgan "Silvester Bonnarning jinoyati" (1881) romani F.ga shonshuhrat keltirgan. Yozuvchi "Tais" (1890) romanida falsafiy va axloqiy qarashlarini ifodalash uchun ilk xristianlik davriga murojaat etgan. F. 90-yillarda yaratgan bir necha romanlari ("Salamandra" 1892; "Janob Jerom Kuanyarning mulohazalari", 1893 va boshqalar)da donishmand va daydi abbat Kuanyar hamda boshqa qahramonlar obrazi orqali nafaqat 18-asrdagi Fransiya qirolligi, balki 3respublikadagi voqelikka ham oʻz munosabatini ifodalagan. F.ning Kuanyarga bagʻishlangan barcha asarlari falsafiy roman janrida yozilgan boʻlib, ularda syujet va voqea emas, balki falsafiy mushohadalar katta mavkega ega. F.ning "Qizil gul" (1894) romanida hissiyotga asoslangan muhabbatning moʻrt bulishi haqidagi fikr badiiy mujassamlangan. 80—90-yillarda F.ning "Valtasar" (1889), "Sadaf quticha" (1892), "Avliyo Klaraning qudugʻi" (1895), "Klio" (1900) kabi kichik hikoya toʻplamlari nashr etilgan.
Anatole France | |
---|---|
Signature Anatole France.gif | |
Tavalludi | 16-aprel 1844[1][2] |
Vafoti | 12-oktyabr 1924[3][1][2] |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili[4] |
Fuqaroligi | Fransiya[5] |
F. 20-asr boshlarida sotsialistlarga yaqinlashib, 1905-yil rus inqilobini yaxshi qarshi olgan. Hatto rus xalqi va Rossiyaga qoʻshib olingan xalqlar doʻstligi jamiyatini tuzib, unga raislik qilgan (1905-yil fevral). 1905—07 yil rus inqilobining magʻlubiyatga uchrashi esa uning ruhiyati va dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan. U hatto tarixda olgʻa harakat yoʻq, tarix bosib oʻtilgan yoʻlning takrorlanishidan iborat, shuning uchui insoniyat tarixiy taraqqiyotning bir nuqtasida depsinib turadi, degan xulosaga kelgan. F. ning "Pingvinlar oroli" (1908), "Xudolar xohishi" (1912), "Farishtalar isyoni" (1914) romanlaridagi satirik ruh qisman yozuvchi dunyoqarashidagi ana shu pessimistik holat bilan izohlanadi.
F. umrining soʻnggi yillarida bolalik va oʻsmirlik yillariga bakishlangan "Kichkina Pyotr" (1919), "Gulga burkangan hayot" (1922) singari xotiralari bilan birga falsafiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan "Gul tagidagi suhbatlar" (1917) asarini yozgan. 2 jildli "Janna d’ Ark hayoti" (1908) tarixiy tadqiqoti, "Sokov qizga uylangan kishi hangomasi" (1912) singari pyesalar muallifi. "Janob Jerom Kuanyarning mulohazalari" asaridan olingan "Bashariyat tarixi" hikoyasi Oybek tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1921).[6].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil