Anatoliy Vasilyevich Kirshin (1937.15.12, Toshkent) — neftchi-geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), geol.-mineralogiya fanlari doktori (1982), professor (1996). Oʻrta Osiyo politexnika institutining geol.-qidiruv fakultetini tugatgan (1960). Fargʻona shimolidagi va Olay geofizika partiyalarida muhandis, geofizik. 1963-yildan neft va gaz konlari geol.si va qidiruvi ilmiy tadqiqot institutida dastlab katta geolog, keyin-roq katta ilmiy xodim, sektor mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1993-yildan labratoriya mudiri. K.ning ilmiy ishlari geologik-fizik tadqiqotlarda matematik usullar va EHMni qoʻllash, neft va gaz uyumlarini geofizik usullar bilan bashoratlash, neft va gazning hosil boʻlishi, migratsiyasi va ularning sanoatbop uyumlarini vujudga kelishi va joylanishi, qad. jinslar toyura qatlamlarining neft-gaz istiqbollari muam-molariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Modelirovaniye protsessov preobrazovaniya organicheskix veshestv v litogʻeneze i geneticheskiye predposilki neftegazonosnosti nedr, T., 1984.