Anbar otin Farmonqul qizi

Oʻzbek shoirasi

Anbar otin Farmonqul qizi (1870-yil – Qoʻqon – 1906-yil) — oʻzbek shoirasi. Otasi Uvaysiyning jiyani. Onasi Ashurbibi oddiy kosib qizi. Anbar otin Farmonqul qizi Dilshod otin maktabida tahsil olgan. Anbar otin Farmonqul qizi sheʼrlar ijod qilish bilan birga mahallasidagi yosh qizlarga taʼlim va tarbiya bergani tufayli Otin nomiga ega boʻladi. A. O. oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Ijodda koʻproq Uvaysiyga ergashgan. Navoiyni birinchi ustoz hisoblagan. Zamondoshlari Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan tanish boʻlgan. Sheʼrlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan. Oʻzbekcha sheʼrlari (48 ta)dan devon tuzgan. Undan 41 gʻazal, 4 muhammas, 1 qitʼa, 1 masnaviy, 1 mustazod oʻrin olgan (1905). 70-yillarning boshida shoiraning 40 ga yaqin sheʼrdan iborat yana bir qoʻlyozma devoni, „Qarolar falsafasi“ risolasi, 160 mis-ralik „yakka bayt“lari topildi, tojikcha gʻazallaridan devon tuzish niyati boʻlgan, ammo bor-yoʻqligi hozirgi nomaʼlum. AO. sheʼrlari aksariyat ijtimoiy mavzuda. Zamona adolatsizligidan, mehnatchi xalqogʻir ahvolidan soʻz ochadi, maʼri-fatni ulugʻlaydi. „Qarolar falsafasi“ asarida ayollarning ogʻir qismati haqida hikoya qilinadi. Anbar otin Farmonqul qizi asarlari qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv. № 1647).As: Sheʼrlar, T., 1963; Sheʼrlar, riso-la, T., 1970.Ad:. Qayumov L., Husainova F., De-mokrat shoira Anbar Otin, T., 1964; Qodirova M., XIX asr oʻzbek shoiralari ijodida inson va xalqtaqdiri, T., 1977; Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5 jildli, 5-jild, T., 1981; Karimov F., Oʻzbek ada-biyoti tarixi, 3-kitob, 3-nashri, T., 1987.Begali Qosimov.

oʻzbek xalqparvar shoirasi. Kambagʻal kosib oilasida tugʻilgan. Otasi Farmonqul asli margʻilonlik boʻlib, shoira Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi qoʻqonlik bir kosibning qizi boʻlgan. Anbar Otin yetti yoshidan oʻz mahallasidagi Dilshod otinning maktabida taʼlim oladi. Dilshod otin oʻz davrining bilimdon, shoirtabiat, dono ayollaridan boʻlib, „Barno“ taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan. U Anbarning sheʼriyatga qiziqishini koʻrib, uni mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishtirgan. Dastlab kichik sheʼrlar yoza boshlagan Anbar ijodda koʻproq Uvaysiyga ergashadi, uning gʻazallarini diqqat bilan oʻrganadi, muxammaslar bogʻlaydi. Ayniqsa Navoiyni birinchi ustoz hisoblaydi. Anbar otinning turmush oʻrtogʻi Zohidxoʻja ham adabiyotga ixlosmand kishi boʻlib, Muqimiy, Furqat, Zavqiylar anjumanida qatnashgan. Anbar otin ham bu suhbat va mushoiralarda ishtirok etgan. Uning „Mushoira“ nomli risola yozganligi haqida ogʻzaki maʼlumotlar uchraydi. Anbar otin haqgoʻy va oqilligi bilan mahalla ayollari oʻrtasida obroʻ qozonib, otin, otincha nomini olgan. U boyvachchalarga qarshi hajviy sheʼrlar yozgan. Bundan gʻazablangan boyvachchalar shoirani bir yigʻinda rahmsizlarcha kaltaklab, keyin baland zinadan itarib yuboradilar. Natijada shoiraning ikki oyogʻi sinadi. Shundan soʻng uning sogʻligʻyi yomonlashib, oʻpka k asaliga duchor boʻladi. Biroq u umidsizlikka tushmaydi. Sheʼr shoiraning butun umri davomida ajralmas doʻsti, hamdardi boʻladi. 1905-yilda Anbar otin devon tuzib, unga 41 gʻazal, 4 muxammas, bir qitʼa, bir mustahzod va sheʼriy tarjimayi holini kiritgan. Anbar otin haqiqatni aytishdan choʻchimaydi. U xalqni jaholatda tutuvchilarni, riyokorlarni qattiq tanqid qiladi: Tariqcha ilmi yoʻq „qozi“ kalonman-muftiman" deydur, Abu Sino,

Ulugbekdin koʻz yumgʻonlargʻa oʻt tushsun.

Anbar otinning boshqa gʻazallarida ham xalqparvarlik, maʼrifatparvarlik, yuksak insoniylik gʻoyalari targʻib etilgan. U zamonasidagi turmush lavhalarini tasvirlabgina qolmay, ularga ij-timoiy taʼna ham beradi, mash’um zamonani oʻzgartirish xalqning harakatiga bogʻliq degan xulosaga keladi. Anbar otinning dunyo-qarashini, falsafiy tafakkurini oʻzida mujassamlashtirgan asari -"Qoralar falsafasi"dir. Asar kirish va toʻrt fasl (qism)dan iborat. Har bir qismda shoira ijtimoiy hayotdagi biror muhim masalaga oʻz qarashlarini va mushohadalarini bildiradi. U kambagʻal xalq hayotiga achinadi, zamonasidagi irqiy kamsitishlarga oʻz noro-ziligini ifoda etadi. Shuningdek ayollar taqdiri haqida gapirib, ularning jamiyatdagi qonuniy oʻrni va huquqlarini talab qi-lib chiqadi. Har bir mushohadaning oxirida bir sheʼr keltirilib, qissadan hissa chiqariladi. Asarda insoniy fazilatlar ulugʻlanadi: "Ansar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Afgʻon, Selon, Hind va Kashmir xalqlari qorayuz, oqkoʻngil xaloyiq erurlar. U xaloyiq ham aslzoda, oq tanlar kabi odam, aʼzoyi badan, qoʻl, oyoq, til, koʻz va aql-hush, gʻayrat, quvvat va tafakkurga molikdurlar.

Anbar otin onaning insoniyat oldidagi xizmatlarini sanar ekan, har qanday insonning onasi har qanday donishmandning enagasidir deydi: „Ona shunday mohir donodurki, Aflotun va Arastuni, Abu Sino va Ulugʻbekni, Jomiyni, Saʼdiyni, Firdavsiyni va Hayyomni, Nodira va Uvaysiyni… olamni koʻrishga davru mohir qilibdur“. Anbar otin ozod va baxtli hayot kelishiga umid bildiradi, bunga qattiq ishonadi ham. U kelajakka umidvor boqadi, ayollarni oʻz haq-huquqi uchun kurashishga chaqiradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir