Anbarsoy — Samarqand viloyati Xatirchi va Ishtixon tumanlari hudu-didagi soy. Shamolsoy va Chorvoqsoy nomlari bilan Oqtogʻning janubi-sharqiy yon bagʻridagi 1150 m mutlaq balandlikdan boshlanadi. Shamolsoy dastlab janubiy ga tomon oqadi, Oqtosh togʻining sharqidan oʻtib Chorvoqsoy bilan qoʻshilgach, Zarband-soy nomini oladi. Zarband darasidan chiqqandan soʻng, A. deb ataladi. Toshqin paytlaridagina Okdaryoga yetib keladi. A.ning umumiy uz. 20,5 km. A. vodiysining yuqori qismi tor boʻlib, chuqur daralardan oqadi, etaklarida esa atrofdagi adir va tekisliklarga qoʻshilib ketadi. A., asosan, yogʻin va buloqdan suv oladi. Suv yigʻadigan havzasining maydoni 60,2 km². Zarband darasida oʻrtacha yillik suv oqimi 170 l/sek. A.ning suvi bahor oylarida koʻpayadi. A. yoqasida qishloqlar bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil