Andaza (fors. — oʻlchov, qolip) — namuna, nusxa. Qogʻoz, karton va hokazodan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl koʻchirish uchun ishlatiladi. A.ning turlari koʻp. Chunonchi: a) libosda old A., orqa A., yeng A., yoqa A., koʻkrak A.; 6) poy-abzalda qoʻnj A., sogʻ A., betlik (bosh) A., gulchin A., tagcharm A., poshna A. va hokazo A. olish, tayyorlash yoki A.lash — kiyim bichiladigan gazlamaning ustiga A. sha-klini tushirish; A. qirqish — belgilan-gan chiziqlar ustidan qaychi bilan qirqish. Kashtachilikda qogʻoz yoki kartondan chiz-makash, rassom chizgan naqshga muvofiq qirqib tayyorlangan gul ham A. deb ata-ladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil