Andoni Iraola
Andoni Iraola Sagarna (baskcha talaffuzi: [andoni iɾa.ola s̺aɣarna], ispancha: [anˈdoni iɾaˈola saˈɣaɾna]; 1982-yil 22-iyunda tugʻilgan) — ispaniyalik nafaqaga chiqqan futbolchi. U oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan va hozirda Rayo Vallecano bosh murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andoni Iraola Sagarna[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-iyun 1982-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Usurbil, Ispaniya[1] | ||
Boʻyi | 1.81m[1] | ||
Ampluasi | O'ng qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Rayo Vallecano (menejer) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1991—1999 | Antiguoko | ||
1999—2000 | Athletic Bilbao | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2001 | Basconia | 35 | (4) |
2001—2003 | Bilbao Athletic | 75 | (15) |
2003—2015 | Athletic Bilbao | 406 | (33) |
2015—2016 | New York City | 38 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2001 | Ispaniya 18 yoshgacha | 1 | (0) |
2003 | Ispaniya 21 yoshgacha | 1 | (0) |
2008—2011 | Ispaniya | 7 | (0) |
2003—2013 | Basklar mamlakati | 9 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2018—2019 | AEK Larnaca | ||
2019—2020 | Mirandés | ||
2020— | Rayo Vallecano | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jangovar va yaxshi toʻp uzatish qobiliyatiga ega boʻlgan Iraola professional faoliyatining katta qismini Athletic Bilbao jamoasida oʻtkazdi[2] va 12 ta mavsum davomida 510 ta raqobatli oʻyinda maydonga tushdi[3].
Oʻyindagi faoliyati
tahrirKlub
tahrirAthletic Bilbao
tahrirIraola Guipúzcoa provinsiyasining Usurbil shahrida tugʻilgan. U Antiguokodan Athletic Bilbaoning Lezamadagi yoshlar tizimiga kelib qoʻshilgan boʻlib[4], 2003—2004-yilgi mavsumda asosiy jamoada debyut qildi va tez-tez penaltilar hamda jarima zarbalari tepishda birinchi tanlanadigan oʻyinchiga aylandi. 2003-yil 30-avgustda Iraola La Ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi, unda Barcelona klubiga qarshi uyida 0:1 hisobida magʻlub boʻldi[5] va Ligada 30 ta oʻyinda 5 ta gol urib, jamoaga UEFA kubogi saralashidan oʻtishga yordam berdi.
12 ta mavsumi davomida Iraola hech qachon 30 tadan kam liga oʻyinida maydonga tushmagan, u huddi chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq klub afsonasi Aitor Larrazabal[3][6] kabi bittadan tashqari barcha ligada gol urgan, shu bilan birga Basklar jamoasiga uchta Copa del Rey turnirida va 2011—2012-yilgi UEFA Yevropa ligasida ishtirok etishda yordam bergan. 2007-yil 28-yanvarda Iraola qoʻshni jamoa Real Sociedad ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, yakunda quyi ligaga tushib qolgandi, biroq Athletic 17-oʻrinni egallab, pasayishdan deyarli qutuldi[7]. Iraola 2009-yilda ishtirok etgan ilk kubok oʻyini finalida qatnashdi, jamoa Valensiyadagi Mestalla stadionida Barcelonaga 1:4 hisobida magʻlub boʻldi[8]. Shu oʻyindan uch yil oʻtib Iraola jamoaga ichki kubok[9] hamda Yevropa ligasida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam berdi[10].
2012—2013-yil Iraola ligada umuman gol ura olmagan birinchi yil boʻldi, ammo u 35 ta oʻyinda maydonga tushgani uchun pozitsiyasida jamoaning birinchi tanlovi boʻlishda davom etdi. Iraolaning mavsumdagi yagona goli 2012-yilning 24-avgustida UEFA Yevropa ligasining pley-off bosqichida HJK Helsinkiga qarshi oʻyinda (umumiy hisobda 9:3) uyida 6:0 hisobida urilgandi[11].
Iraola 2013-yilning 4-dekabrida klub bilan shartnomasini uzaytirdi va klub uni 2015-yilning 30-iyuniga qadar San-Mames stadionida qoldirdi[12]. 2015-yilning may oyida Villarreal klubiga qarshi ligadagi soʻnggi oʻyinining 24-daqiqasida Aritz Aduriz Iraolaga penalti tepishni taklif qildi, biroq u buni rad etdi, shuning uchun boshqa oʻyinchi uni golga aylantirdi[13]. Iraola soʻnggi oʻyini payti 2015-yilgi Ispaniya kubogi finalida Barcelonaga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan jamoaga sardorlik qildi[14].
New York City
tahrir2015-yil 16-iyun kuni 33 yoshida Iraola faoliyatida ilk bor chet elga koʻchib oʻtdi va New York City futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[15][16]. U 12-iyul kuni Yankee stadionida Torontoga qarshi oʻyinda debyut qildi va toʻliq oʻyinda 4:4 hisobida durang oʻynadi[17].
Iraola 2016-yilning 17-noyabrida isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[18][19].
Xalqaro
tahrir2008-yil 20-avgustda Iraola Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Vicente del Bosque tomonidan jamoadoshi Fernando Amorebieta bilan birga Daniya bilan oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirildi[20]. U safardagi 3:0 hisobidagi gʻalabaning soʻnggi 15 daqiqasida Sergio Ramosning oʻrniga maydonga tushdi[21].
2011-yilning 29-martida, deyarli bir yarim yil terma jamoada oʻynamaganidan soʻng, Iraola UEFA Euro 2012 saralashi uchun oʻyinga chaqirilib, Kaunasda Litvani 3:1 hisobida magʻlub etdi[22]. U yakuniy tarkibga tushishi kerak edi, biroq jarohati sabab Iraolaning oʻrniga Atletico Madrid futbolchisi Juanfran oʻyinlarda ishtirok etdi[23].
Iraola 2003-yil 27-dekabrda Urugvay ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyut qilib, toʻliq oʻn yil davomida Basklar mamlakati terma jamoasi vakili sifatida oʻynadi[24][25].
Murabbiylik faoliyati
tahrirIraola 2018-yilning 18-iyunida Kiprning AEK Larnasa klubiga vatandoshi Imanol Idiakezdan keyin bosh murabbiy etib tayinlangan edi[26]. U 14-yanvar kuni[27], deyarli ikki oydan soʻng birorta ham gʻalaba qozona olmaganidan keyin ishdan boʻshatildi[28].
2019-yil 10-iyulda Iraola Segunda Divizioniga yangi koʻtarilgan CD Mirandes boshqaruvida ketgan Borja Jimenezning oʻrnini egalladi[29]. U jamoani 92 yillik tarixida ikkinchi marta Ispaniya kubogining yarim finaliga olib chiqdi, xususan, Celta de Vigo, Sevilla va Villarreal klublarini magʻlub etdi[30]. 2020-yil 21-iyulda shartnomasi muddati tugashi sababli Iraola klubni tark etdi[31].
Iraola 2020-yil avgust oyida ikkinchi divizionda qolib, Rayo Vallecanoda Paco Jemezdan keyin murabbiylikni qabul qilib oldi[32]. 2021-yilning 6-iyulida pley-off bosqichiga chiqqanidan keyin u shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirdi[33]. Keyingi mavsumda Iraola klubni mamlakat kubogining soʻnggi toʻrtligiga olib chiqdi; Rayo ikkinchi marta bu oʻringa erishdi, bundan oldingisi birinchi marta 40 yil oldin sodir boʻlgan edi[34].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Basconia | 2000—2001 | Tercera Divizioni | 35 | 4 | - | - | - | 35 | 4 | |||
Bilbao Athletic | 2001—2002 | Segunda Divizioni | 38 | 5 | - | - | - | 38 | 5 | |||
2002—2003 | Segunda Divizioni | 37 | 10 | - | - | - | 37 | 10 | ||||
Jami | 75 | 15 | - | - | - | 75 | 15 | |||||
Athletic Bilbao | 2003—2004 | La Liga | 30 | 5 | 1 | 0 | - | - | 31 | 5 | ||
2004—2005 | La Liga | 34 | 4 | 7 | 1 | 8 | 1 | - | 49 | 6 | ||
2005—2006 | La Liga | 38 | 3 | 4 | 0 | - | - | 42 | 3 | |||
2006—2007 | La Liga | 35 | 5 | 2 | 0 | - | - | 37 | 5 | |||
2007—2008 | La Liga | 36 | 1 | 5 | 1 | - | - | 41 | 2 | |||
2008—2009 | La Liga | 33 | 6 | 8 | 0 | - | - | 41 | 6 | |||
2009—2010 | La Liga | 37 | 2 | 2 | 0 | 11 | 0 | 2 | 0 | 52 | 2 | |
2010—2011 | La Liga | 37 | 4 | 4 | 0 | - | - | 41 | 4 | |||
2011—2012 | La Liga | 35 | 1 | 9 | 0 | 15 | 0 | - | 59 | 1 | ||
2012—2013 | La Liga | 35 | 0 | 1 | 0 | 7 | 1 | - | 43 | 1 | ||
2013—2014 | La Liga | 34 | 1 | 6 | 0 | 0 | 0 | - | 40 | 1 | ||
2014—2015 | La Liga | 22 | 1 | 6 | 0 | 5 | 1 | - | 33 | 2 | ||
Jami | 406 | 33 | 56 | 2 | 46 | 3 | 2 | 0 | 510 | 38 | ||
New York City | 2015 | Futbol Oliy ligasi | 9 | 0 | 0 | 0 | - | - | 9 | 0 | ||
2016 | Futbol Oliy ligasi | 29 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | 31 | 0 | ||
Jami | 38 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | 40 | 0 | |||
Faoliyati jami | 554 | 52 | 56 | 2 | 46 | 3 | 4 | 0 | 660 | 57 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2008 | 2 | 0 |
2009 | 2 | 0 | |
2011 | 3 | 0 | |
Jami | 7 | 0 |
Boshqaruv statistikasi
tahrir- 2022-yil 3-oktyabr holatiga koʻra:
Jamoa | Millat | qachondan | qachongacha | Rekord | Manba(lar) | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
O'yinlar soni | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | Urilgan gollar | Qarshi gollar | Gollar farqi | G'alaba % | |||||
AEK Larnaca | 23-may 2018 | 14-yanvar 2019 | 29 | 12 | 9 | 8 | 44 | 28 | +16 | 41 | [37] | |
Mirandés | 10-iyul 2019 | 21-iyul 2020 | 49 | 18 | 17 | 14 | 73 | 72 | +1 | 37 | ||
Rayo Vallecano | 6-avgust 2020 | hozirgacha | 102 | 43 | 22 | 37 | 126 | 113 | +13 | 42 | ||
Jami | 180 | 73 | 48 | 59 | 243 | 213 | +30 | 41 | — |
Yutuqlari
tahrirOʻyinchi
tahrirAthletic Bilbao
- Copa del Rey 2-oʻrin: 2008—2009, 2011—2012, 2014—2015
- Ispaniya Superkubogi 2-oʻrin: 2009
- UEFA Yevropa ligasi 2-oʻrin: 2011—2012
Menejer
tahrirAEK Larnaca
- Kipr Super kubogi: 2018[38]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Andoni IRAOLA“ (es). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
- ↑ Rodrigálvarez, Eduardo. „Iraola, sin fin“ (es). El País (2011-yil 20-fevral). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 Río, Endika. „Iraola igualará a Larrazabal en el ranking histórico“ (es). Mundo Deportivo (2013-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
- ↑ „Jugadores relevantes“ (es). Antiguoko KE. 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Athletic Bilbao 0–1 Barcelona“. ESPN Soccernet (2003-yil 30-avgust). Qaraldi: 2012-yil 5-noyabr.
- ↑ Moscoso. „Iraola es el defensa más goleador de toda la Liga“ (es). El Desmarque (2011-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
- ↑ „Real Sociedad 0–2 Athletic Bilbao“. ESPN Soccernet (2007-yil 28-yanvar). 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ Melero, Delfín. „El Barça se corona por aplastamiento“ (es). Marca (2009-yil 13-may). Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
- ↑ Lowe, Sid. „Barcelona end Guardiola era with Copa del Rey win over Athletic Bilbao“. The Guardian (2012-yil 26-may). Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
- ↑ Atkin. „Falcao at double as Atlético march to title“. UEFA (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
- ↑ Bryan. „Bielsa delighted as Athletic get back on track“. UEFA (2012-yil 24-avgust). Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
- ↑ „Andoni Iraola's renewal“. Athletic Bilbao (2013-yil 4-dekabr). 2013-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ Estepa, Javier. „El Athletic monta la fiesta“ (es). Marca (2015-yil 23-may). Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
- ↑ „Andoni Iraola: Neymar has examples in his own team to learn from“. Sport (2015-yil 31-may). Qaraldi: 2015-yil 31-may.
- ↑ „New York City FC sign veteran defender Andoni Iraola“. New York City FC (2015-yil 16-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
- ↑ „New York City FC sign Athletic Bilbao veteran Andoni Iraola, Manchester City youth product Angelino“. Major League Soccer (2015-yil 16-iyun). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
- ↑ „New York City FC vs. Toronto FC: Match recap“. New York City FC (2015-yil 12-iyul). Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
- ↑ „Andoni Iraola retires“. New York City FC (2016-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 17-noyabr.
- ↑ Stejskal. „New York City FC's Andoni Iraola announces retirement“. Major League Soccer (2016-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
- ↑ „Amorebieta e Iraola, sorpresas en la lista de Del Bosque“ (es). Marca (2011-yil 14-avgust). Qaraldi: 2015-yil 31-may.
- ↑ Rodríguez, Rubén. „Del Bosque debuta con victoria en Dinamarca“ (es). El Confidencial (2008-yil 20-avgust). Qaraldi: 2015-yil 31-may.
- ↑ Januška. „Mata the catalyst as Spain win in Lithuania“. UEFA (2011-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
- ↑ López. „Negredo, Jordi Alba y Juanfran, tres caras nuevas para tres necesidades“ (es). Goal (2012-yil 28-may). Qaraldi: 2012-yil 5-noyabr.
- ↑ „Dos goles de Bolo terminan con la resistencia uruguaya“ (es). Diario AS (2003-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 7-fevral.
- ↑ „Euskadi golea a Perú“ (es). El Mundo (2013-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 7-fevral.
- ↑ García, Alberto. „Iraola y Murillo, presentados por el AEK Larnaca“ (es). Mundo Deportivo (2018-yil 18-iyun). Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
- ↑ Zaballa, Carlos. „Andoni Iraola, destituido del AEK Larnaca“ (es). Mundo Deportivo (2019-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ Manchón, Martín. „Los números de Iraola como entrenador del AEK Larnaca“ (es). Diario AS (2019-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ „Andoni Iraola, nuevo entrenador del Club Deportivo Mirandés“ (es). CD Mirandés (2019-yil 10-iyul). Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ „El Mirandés obra otro milagro histórico y volverá a jugar unas semifinales de Copa del Rey“ (es). Eurosport (2020-yil 5-fevral). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
- ↑ „COMUNICADO OFICIAL | CLUB DEPORTIVO MIRANDÉS S.A.D.“ (es). CD Mirandés (2020-yil 21-iyul). Qaraldi: 2020-yil 25-iyul.
- ↑ „Andoni Iraola nuevo entrenador del Rayo Vallecano“ (es). Rayo Vallecano (2020-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
- ↑ „Andoni Iraola 2022“ (es). Rayo Vallecano (2021-yil 6-iyul). 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
- ↑ „El Rayo de Iraola hace historia en Copa Del Rey al volver 40 años después a semis“ (es). Marca (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ „Andoni Iraola“. Soccerway. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.
- ↑ „Andoni Iraola“. European Football. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
- ↑ „AEK Larnaca: Matches“. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
- ↑ Constantinou, Iacovos. „Turbulent Apoel take on AEK in Super Cup“. Cyprus Mail (2018-yil 29-sentyabr). 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.