Andoqsoy
Andoqsoy – Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududidagi soy. Oqtogʻning janubiy yon bagʻrida 1400 m balandlikdan boshlanib, janubiga oqadi. Andoqsoyning yuqori qismida vodiysi tor (50-70 m) va chuqur (150 m), 2-3 terrasasi bor. Janubiy roqda soy ikki tarmoqqa boʻlinib soʻngra yana qoʻshiladi. Sel kelgan vaqtlarda Andoqsoy Oqdaryogacha yetib keladi. Yomgʻir va buloqlardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Dara qishlogʻi yaqinida) 80-100 l/sek, aprelda 200 l/sek.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |