Andoza:Bugungi Hadis:/2006-07-23

Abu Hanifa (r.a.) Atodan rivoyat qiladilar. Sahobai kiromlardan bir necha kishi unga quyidagilarni so'zlaganini aytdi. Abdulloh ibn Ravohaning qo'ylarini boquvchi bir cho'pon ayol bor edi. Abdulloh cho'pon ayolga suruv ichidagi bir qo'yga alohida qarashini tayinladi. Cho'pon ayol qo'yni semirguncha boqdi. Cho'pon ayol boshqa qo'ylar bilan ovora bo'lib qolganda, bo'ri kelib u qo'yni olib qochdi va o'ldirdi. Abdulloh kelib u qo'yni ko'rmadi. Cho'pon ayol voqeani Abdullohga aytgach, u cho'pon ayolga tarsaki tushirdi. Keyin bu ishiga pushaymon bo'lib, uni Rasulullohga (s.a.v.) aytdi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) bu voqeani jiddiy hisoblab: «Mo'mina ayolning yuziga urdingmi?» dedilar. Ravoha: «U zanjiya ilmi yo'q ayol», dedi. Payg'ambarimiz ( s.a.v ) ayolga odam yuborib uni chaqirtirdilar. Undan: - Alloh qaerda? - deb so'radilar. - Osmonda, - deb javob berdi ayol. - Men kimman? - Siz Allohning rasulisiz, - javob berdi ayol. Payg'ambarimiz (s.a.v.): «U mo'minadir, uni ozod et», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari

tahrir

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
No parameters specified