Andoza:Bugungi Hadis:/2006-07-24

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibni Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibni Buraydaning otasi aytdi: «Biz bir kuni Payg'ambarimizning (s.a.v.) yonlarida o'tirar edik. U zot ashoblariga: «Turinglar, bemor yahudiy qo'shnimizni ko'rib chiqamiz», dedilar. So'ng yahudiyning uyiga kirdilar va uni o'lim to'shagida ko'rdilar. Va unga: «Allohdan o'zga iloh yo'qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqrormisan?» dedilar. Yahudiy otasiga qaradi, otasi gapirmadi. Rasululloh (s.a.v.) yana unga: «Allohdan o'zga iloh yo'qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqrormisan?» dedilar. Bemor yahudiy yigit yana otasiga qaradi. Otasi: «Iqror bo'l», dedi. Yigit: «Allohdan o'zga iloh yo'qligiga, Muhammad (s.a.v.) Allohning rasuli ekaniga iqrorman», dedi. Payg'ambar (s.a.v.): «Men sababli bir jonni olovdan qutqargan Allohga hamd bo'lsin», dedilar. Boshqa rivoyatda shunday: Bir kun Payg'ambarimiz (s.a.v.) sahobalarga: «Turinglar, yahudiy qo'shnimizni ko'rib chiqamiz», dedilar. Payg'ambarimiz (s.a.v.) uni o'lim to'shagida ko'rdilar. Undan: «Alloh taolodan o'zga iloh yo'qligiga iqrormisan?» deb so'radilar. U «Ha», dedi. So'ng undan: «Mening Rasululloh ekanligimga iqrormisan?» dedilar. Yigit otasiga qaradi. Ul zot (s.a.v.) bu so'zlarini uch marta takrorladilar. «Siz Allohning rasuli ekanligingizga iqrorman», dedi nihoyat yahudiy yigit. Rasuli Akram (s.a.v.): «Men sababli bir jonni olovdan qutqargan Allohga hamd bo'lsin», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari

tahrir

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
No parameters specified