Andoza:Bugungi Hadis:/2006-07-29

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Abu Habibadan rivoyat qiladi. U «Hazrati Payg'ambarning sahobasi Abu Dardodan eshitdim», dedi. Abu Dardo aytdi: «Men Rasululloh bilan ulovda mingashib ketayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Dardo! Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqror bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi», dedilar. Men: «Zino va o'g'irlik qilsa ham-a?»dedim. Rasululloh (s.a.v.) bir muddat sukut saqladilar, so'ng yurdilar va dedilar: «Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va men Allohning rasuli ekanimga iqror bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi». Men: «Zino va o'g'rilik qilsa ham-a?» dedim. Rasululloh bir oz sukut qildilar, so'ng yurdilar va «Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va men Allohning rasuli ekanimga iqror bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi, agar zino qilsa ham, o'g'rilik qilsa ham, agar zino qilsa ham, o'g'rilik qilsa ham va hatto Abu Dardo burun jiyirsa ham», dedilar. Roviy deydiki, men Abu Dardoni burniga shahodat barmog'i bilan ishora qilganini ko'rdim.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari

tahrir

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
No parameters specified