Andoza:Bugungi Hadis:/2006-07-30
Abu Hanifa (r.a.) Horisdan, u Abu Muslim Havloniydan rivoyat qiladi. Abu Muslim Havloniy aytdi: «Muoz Xumuzga kelganida bir yosh yigit uning oldiga borib: «Silai rahm va yaxshilik qiluvchi, to'g'riso'z, omonatdor, yomon ishlardan uzoq yuruvchi, kuchi etgunicha xayrli ishlar qiluvchi, biroq Alloh va rasuli haqida shubhasi bor bir kishi haqida nima deysiz?» deya so'radi. Muoz aytdiki: «Uning barcha amallari bekor ketadi». Yigit: «Gunoh-ma'siyatlar, zino qilgan, mollarni nohaq olgan, biroq Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning quli va rasuli ekaniga ixlos bilan ishongan kishi haqida nima deysiz?»dedi. «U haqda umid va qo'rquv orasidaman», dedi Muoz. Yigit: «Qasamki, imondagi shubha amallarni yo'qqa chiqargan bo'lsa, shubha aralashmagan imonga gunohlar zarar bermaydi», dedi va ketdi. Bu gapni eshitgan Muoz: «Sunnatni bu kishidan ham yaxshiroq biladigan odam bo'lmasa kerak», dedi.
Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [ ]
Andoza parametrlari
tahrirUshbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.
Parametr | Tavsif | Turi | Status | |||
---|---|---|---|---|---|---|
No parameters specified |
Yuqoridagi hujjat Andoza:Bugungi Hadis:/2006-07-30/doc sahifasidan olingan. Tajriba oʻtkazish uchun qumloq va test sahifasidan foydalaning. Iltimos, turkumlarni hujjat sahifasiga va intervikilarni vikimaʼlumotlarga joylashtiring. Ushbu andoza ostsahifalari. |