Andoza:Bugungi Hadis:/2006-08-15
Abu Hanifadan (r.a.), u Abdulmalikdan, u Ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Abbos (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg'ambar (s.a.v.) aytdilar: «Bir qism mo'minlar qiyomat kunida gunohlari tufayli do'zaxga kiradilar. Mushriklar ularga: «Imoningiz sizga hech qanday foyda bermadi(ku), mana biz bilan bir makondasiz, birga azoblanyapmiz», deyishadi. Alloh taolo ulardan g'azablanadi va «La ilaha illalloh» degan hech bir kimsa do'zaxda qolmasin deb amr qiladi: Undan mo'minlar yuzlaridan boshqa joyi qop-qora bo'lgan holda chiqadilar. Chunki mo'minlarning ko'zlari ko'karmaydi, yuzlari qoraymaydi. So'ng ular jannat eshigi oldidagi bir daryoga keltiriladilar. U erda yuvinadilar, butun fitna va aziyat ulardan ketadi, keyin jannatga kiradilar. Farishtalar ularga bunday deydilar: «Go'zal bo'ldingiz. Jannatga mangu kiring ». Biroq jannatda ular: «jahannamliklar» deya ataladilar. So'ngra ular duo qiladilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ko'taradi.Ular bu ism bilan boshqa abadiy chaqirilmaydilar. Ular chiqqanlarida kofirlar: «Qaniydi, biz ham musulmon bo'lsaydik», deyishadi. Buning boshi, mana bu oyatdir: «Hali (qiyomat kuni) kofir bo'lgan kimsalar musulmon bo'lishni istab qolurlar». (Hijr, 2-oyat).
Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
Andoza parametrlari
tahrirUshbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.
Parametr | Tavsif | Turi | Status | |||
---|---|---|---|---|---|---|
No parameters specified |
Yuqoridagi hujjat Andoza:Bugungi Hadis:/2006-08-15/doc sahifasidan olingan. Tajriba oʻtkazish uchun qumloq va test sahifasidan foydalaning. Iltimos, turkumlarni hujjat sahifasiga va intervikilarni vikimaʼlumotlarga joylashtiring. Ushbu andoza ostsahifalari. |