Andoza:Bugungi Hadis:/2006-08-16
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibni Mas'uddan rivoyat qiladi. Ibni Mas'ud (r.a.) aytadi: «Bir odam Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keldi va: 6 O' Rasululloh, Alloh taologa shirk keltirmagan odam do'zaxda qoladimi? - deya so'radi. 7 Ha, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.). - Jahannam tubidan «Hannon, Mannon» deb nido qiladigan bir odam bo'ladi. Jabroil uning ovozini eshitadi so'ng bu ovozdan hayratlanadi va sabri chidamay Rahmon arshiga borib sajda qiladi. Alloh taolo «Boshingni ko'tar, ey Jabroil!» deydi. U boshini ko'taradi. Alloh taolo O'zi bilsa hamki, so'raydi: 8 Ajoyibotlardan nimalar ko'rding, ey Jabroil? - «Xannon, Mannon» deb nido qilayotganni. Ey Robbim, ana shu ovozga hayron qoldim, - deydi Jabroil. Alloh taolo marhamat qiladiki: 9 Ey Jabroil, Molikka (jahannam qo'riqchisi. ¬- Tarj) borib ayt: «O' Hannon! O' Mannon!..» degan kishini do'zaxdan chiqarsin. Jabroil jahannam eshiklaridan biriga kelib eshikni taqillatadi. Molik chiqadi. Jabroil Molikka: «Alloh taolo «O' Hannon, yo Mannon» degan kishini do'zaxdan chiqarishni buyurdi», deydi. Molik ichkariga kiradi; nido qilayotgan u odamni qidiradi, biroq u topilmaydi. Molik jahannam ahlini bir ona o'g'lini taniganidan ko'ra yaxshiroq taniydi. U Jabroilga deydiki: «Shubhasiz, jahannam shunday ingramoqdaki, na toshni temirdan, na temirni insondan ajratolmayapman». Jabroil Allohning arshi huzuriga qaytib keladi va sajda qiladi. Alloh taolo unga: 10 Boshingni ko'tar, ey Jabroil! Nechun qulimni olib kelmading? - deydi. 11 O' Rabbiy! Molik bunday dedi: «Shubhasiz do'zax shunday ingradiki, toshni temirdan, temirni esa insondan ajratolmayapman». Alloh taolo marhamat qiladi: 12 Molikka ayt, mening qulim jahannamning falon-falon chuqurida. Bir rivoyatda Jabroil borib Molikka xabar beradi. Molik (do'zaxga) kirib, u bandani aftoda, zalil, oyoqlari peshonasiga, qo'llari bo'yniga bog'langan, ilonlar, chayonlar unga yopishib olishgan bir holatda ko'radi. Molik u bandani bir silkitganda ustidagi chayon va ilonlar to'kilib tushadi. Keyin yana bir tortganida zanjir va bog'lar echiladi. So'ngra uni otashdan chiqarib hayotbaxsh suvga soladi. Keyin esa uni Jabroilga topshiradi. Jabroil bu bandani peshonasidan ushlab o'ziga tortadi. Uni har bir farishta jamoasi yonidan olib o'tayotganda, farishtalar: «Bu banda naqadar jirkanchli», deydilar. Nihoyat Jabroil Rahmon arshi oldida sajdali holatda turadi. Alloh taolo: 13 Ey Jabroil! Boshingni ko'tar! - deydi va u bandaga aytadiki: - Ey qulim, Men seni go'zal suratda yaratmadimmi?! Senga rasul yubormadimmi?! U senga Mening kitobimni o'qimadimi?! Senga Mening buyruqlarimni etkizmadimi?! Seni ta'qiqlardan qaytarmadimi?! - Shu-shu (gunoh)larni nega qilding?! - deydi Alloh. Banda javob beradi: 14 Ey Rabbim!.. Nafsimga zulm qildim. Shuncha-shuncha payt do'zaxda qolgan bo'lsam hamki, Sendan umid uzmadim. O' Rabbiy, Senga Hannon va Mannon ismlaring bilan duo qildim. Sen fazl-karaming ila meni jahannamdan chiqarding. Menga rahm et, Parvardigoro. So'ng Alloh taolo aytadi: 15 Guvoh bo'ling, ey farishtalarim, Men unga rahm qildim.
Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
Andoza parametrlari
tahrirUshbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.
Parametr | Tavsif | Turi | Status | |||
---|---|---|---|---|---|---|
No parameters specified |
Yuqoridagi hujjat Andoza:Bugungi Hadis:/2006-08-16/doc sahifasidan olingan. Tajriba oʻtkazish uchun qumloq va test sahifasidan foydalaning. Iltimos, turkumlarni hujjat sahifasiga va intervikilarni vikimaʼlumotlarga joylashtiring. Ushbu andoza ostsahifalari. |