„Me at the zoo“ videoroligi

Me at the zoo“ (tarjimasi „Men hayvonot bogʻidaman“) — YouTube platformasiga yuklangan ilk videorolik. Videorolik 2005-yil 23-aprel kuni yuklangan. 19 soniyali rolikda YouTube asoschilaridan biri, oʻsha paytda 25 yosh boʻlgan Jawed Karim Kaliforniyadagi San Diego hayvonot bogʻida ikkita fil oldida turgani va ularning uzun xartumiga eʼtibor qaratayotgani aks etgan. 2024-yil 31-avgust holatiga koʻra, video 332 milliondan ortiq marotaba tomosha qilingan. Ushbu videoni Karimning oʻrta maktabdagi doʻsti Yakov Lapitskiy tasvirga olgan. Jurnalistlar „Me at the zoo“ roligini YouTubening havaskor kontentiga bir misol sifatida koʻrsatishadi. Bir nechta nashrlar uni veb sayt tarixidagi eng muhim rolik deb atagan. Karim YouTubening foyda olish uchun qiladigan harakatlarini tanqid qilish maqsadida bir necha bor video tavsifini tahrir qilgan. (Davomi...)