André Miguel Valente da Silva (talaffuzi: André Miguel Valente da Silva; 1995-yil 6-noyabrda Portugaliyaning Bagin-du-Monte shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „RasenBallsport Leipzig“ futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

André Silva
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi André Miguel Valente da Silva
Tavallud sanasi 6-noyabr 1995-yil (1995-11-06) (29 yosh)
Tavallud joyi Baguim do Monte, Portugaliya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RB Leipzig
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2007 Salgueiros
2007—2008 Boavista
2008—2010 Salgueiros
2010—2011 Padroense
2011—2014 Porto
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 Porto B 84 (24)
2015—2017 Porto 41 (17)
2017—2020 AC Milan 25 (2)
2018—2019 → Sevilla (ijara) 27 (9)
2019—2020 → Eintracht Frankfurt (ijara) 25 (12)
2020—2021 Eintracht Frankfurt 32 (28)
2021— RB Leipzig 48 (13)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Portugaliya U16 12 (2)
2010—2011 Portugaliya U17 11 (2)
2011—2012 Portugaliya U18 10 (0)
2012—2014 Portugaliya U19 24 (16)
2014—2015 Portugaliya U20 10 (8)
2015—2016 Portugaliya U21 3 (4)
2016— Portugaliya 52 (19)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

André Silva „Porto“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2013-yil 12-avgustda „Beira-Mar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda To Ze oʻrniga Segunda Ligada zaxira jamoasida debyut qilgan[1]. 21-avgust kuni „Portimonense“ futbol klubiga qarshi bahsda André Silva oʻzining birinchi golini urgan[2]. 2015—2016-yilgi mavsumda u jamoaga ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan va oʻzi ham uning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2015-yil 29-dekabrda Portugaliya Liga kubogi oʻyinida „Marítimo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda André Silva birinchi jamoadagi debyutini oʻtkazgan[3]. 2016-yilning 2-yanvarida Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u Sangrish ligasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Vincent Aboubakar oʻrniga maydonga tushirilgan[4]. 14-may kuni „Boavista“ futbol klubiga qarshi bahsda André Silva „Porto“ futbol klubi safida ilk golini urgan[5]. 17-avgust kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichida Italiyaning „Roma“ futbol klubiga qarshi oʻyinda André Silva gol urgan[6]. 18-oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Belgiyaning „Bryugge“ futbol klubiga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, g‘alaba to‘pini kiritgan[7] .

Xalqaro faoliyati

tahrir
 
Silva Portugaliya terma jamoasi safida

2014-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Portugaliya terma jamoasi tarkibida André Silva Vengriyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[8][9]. Turnirda u Isroil, Vengriya, Avstriya, Serbiya va Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12].

2015-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida André Silva Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[13][14]. Turnirda u Qatar, Senegal, Yangi Zelandiya, Kolumbiya va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[15][16]. Senegallik, qatarlik va kolumbiyaliklarga qarshi bahslarda André Silva toʻrtta gol urgan[17].

1-sentyabr kuni Gibraltarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida André Silva ikkinchi boʻlimda Eder oʻrniga Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan[18]. 7-oktyabr kuni JCh-2018 saralash turniri doirasida Andorra terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan[19]. Oradan 3 kun oʻtib Farer orollari terma jamoasiga qarshi oʻyinda André Silva xet-trik qayd etgan[20].

2017-yilda André Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[21][22]. Turnirda u Rossiya, Yangi Zelandiya, Chili va ikki marta Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yangi zelandiyaliklarga qarshi kechgan bahsda André Silva gol urgan[23][24][25].

2018-yilda André Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[26][27]. Turnirda u Ispaniya, Eron va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[28].

Statistikasi

tahrir
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
F. C. Porto B  Portugaliya 2013—2014 20 3 20 3
2014—2015 35 7 35 7
2015—2016 29 14 29 14
Jami 84 24 0 0 0 0 84 24
F. C. Porto  Portugaliya 2015—2016 9 1 5 2 0 0 14 3
2016—2017 32 16 2 0 10 5 44 21
Jami 41 17 7 2 10 5 58 24
A. C. Milan  Italiya 2017—2018 24 2 2 0 14 8 40 10
Sevilla F. C.  Ispaniya 2018—2019 27 9 4 2 8 0 39 11
Jami 27 9 4 2 8 0 39 11
A. C. Milan  Italiya 2019—2020 1 0 1 0
Jami 25 2 2 0 14 8 41 10
Eintracht Fráncfort  Olmoniya 2019—2020 25 12 3 2 9 2 37 16
2020—2021 32 28 2 1 34 29
Jami 57 40 5 3 9 2 71 45
R. B. Leipzig  Olmoniya 2021—2022 33 11 6 2 12 4 51 17
2022—2023 15 2 3 2 6 3 24 7
Jami 48 13 9 4 18 7 75 24
Umumiy faoliyatida 282 105 27 11 59 22 368 138

Manbalar

tahrir
  1. „Бейра-Мар VS. Порту 2:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-avgust).
  2. „Портимоненси VS. Порту 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-avgust).
  3. „Порту VS. Маритиму 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 29-dekabr).
  4. „Спортинг Лиссабон VS. Порту 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 2-yanvar).
  5. „Порту VS. Боавишта 4:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 14-may).
  6. „Порту VS. Рома 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 17-avgust).
  7. „Брюгге VS. Порту 1:2“ (en). soccerway.com (2016—10—18).
  8. „Австрия (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2014—07—25).
  9. „Португалия (до 19) VS. Израиль (до 19) 3:0“ (en). soccerway.com (2014—07—19).
  10. „Венгрия (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:6“ (en). soccerway.com (2014—07—22).
  11. „Португалия (до 19) VS. Сербия (до 19) 0:0“ (en). soccerway.com (2014—07—28).
  12. „Германия (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2014—07—31).
  13. „Катар (до 20) VS. Португалия (до 20) 0:4“ (en). soccerway.com (2015-yil 3-iyun).
  14. „Португалия (до 20) VS. Сенегал (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-may).
  15. „Колумбия (до 20) VS. Португалия (до 20) 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-iyun).
  16. „Бразилия (до 20) VS. Португалия (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-iyun).
  17. „Португалия (до 20) VS. Новая Зеландия (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyun).
  18. „Португалия VS. Гибралтар 5:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 1-sentyabr).
  19. „Португалия VS. Андорра 6:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-oktyabr).
  20. „Фарерские острова VS. Португалия 0:6“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-oktyabr).
  21. „Россия VS. Португалия 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 21-iyun).
  22. „Новая Зеландия VS. Португалия 0:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-iyun).
  23. „Португалия VS. Мексика 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-iyun).
  24. „Португалия VS. Мексика 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 2-iyul).
  25. „Португалия VS. Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-iyun).
  26. „Уругвай VS. Португалия 2:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 30-iyun).
  27. „Португалия VS. Испания 3:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 15-iyun).
  28. „Иран VS. Португалия 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 25-iyun).