Olga Andreyeva
Oʻzbekiston xalq artisti
(Andreeva Olga Ilinichnadan yoʻnaltirildi)
Olga Ilinichna Andreyeva (29-may 1890 — 15-fevral 1970, Moskva) — Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 1938-yildan Toshkentdagi rus drama teatrida ishlagan. Asosiy rollari: Betsi (Lev Tolstoy, „Maʼrifat mevalari“), Anna Andreyevna (N. V. Gogol, „Revizor“), Kseniya, Vasilisa (Maksim Gorkiy, „Yegor Bulichev va boshqalar“, „Tubanlikda“), Katerina, Kruchinina (Aleksandr Ostrovskiy, „Momaqaldiroq“, „Aybsiz aybdorlar“), Hamrobuvi (A. Kahhor, "Shohi soʻzana), Hojar (Hamza, „Paranji sirlari“), Rixsi xola (B. Rahmonov, „Katta muhabbat“) va boshqa. Andreyeva sahna nutqiga, qahramonning ichki va tashqi qiyofasini yorqinroq ochishga alohida eʼtibor bergan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |