Andrey Kuznetsov (tennis)
Andrey Aleksandrovich Kuznetsov (ruscha: Андре́й Алекса́ндрович Кузнецо́в , 1991-yil 22-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional tennischi. 2016-yilning 25-aprelida u oʻzining yakkalikdagi faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkichga — dunyoning 39-raqamiga erishdi.
Andrey Kuznetsov | |
---|---|
Mamlakat | Rossiya |
Istiqomat joyi | Moskva, Rossiya |
Tugʻilishi |
22-fevral 1991-yil Tula, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi |
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) sm |
Professionallik | 2009 |
Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
Murabbiy | Burghard Riehemann |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $$3,042,950 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 78–101 |
Jami titullari | 0 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 39 (2016) |
Joriy pozitsiyasi | No. 339 (2022) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | 4R (2016) |
French Open | 3R (2015) |
Wimbledon | 3R (2014, 2016) |
US Open | 3R (2014, 2016) |
Boshqa turnirlar | |
Olympic Games | 1R (2016) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 21–27 |
Jami titullari | 0 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 137 (2017) |
Joriy pozitsiyasi | No. 910 (2022) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | 2R (2017) |
French Open | 1R (2016) |
Wimbledon | 1R (2013) |
US Open | 2R (2017) |
Soʻnggi marta yangilandi: 2022-yil 10-oktyabr. |
Tennisdagi faoliyati
tahrirAndrey Kuznestov olti yoshida otasi Aleksandr murabbiyligida tennis bilan shugʻullana boshlagan. 2001-yilda uning oilasi Balashixaga koʻchib oʻtdi. U oʻsha yerdagi sport klubiga qatnasha boshladi[1].
Kuznetsov oʻzining birinchi ITF oʻsmirlar turnirini 2006-yilda Udmurtiyaning „Qora oltini“ musobaqasida oʻtkazdi va saralash bosqichida yoʻllanma oldi. Uning birinchi eʼtiborga loyiq yutugʻi Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan „Gubernator kubogi“da boʻlib, u yerda yarim finalga chiqdi. U Oʻzbekistondagi NBU kubogida ilk finaliga chiqdi. Turnirlarning aksariyati gil kortda boʻlgan, ammo 2007-yilda u gilam va qattiq kortlar ustida oʻynagan. Bu mavsumda u yakkalik bahslarida uchta finalga chiqdi, bir marta gʻalaba qozondi. Juftlik bahslarida uchta juftlik finalida ikki marta gʻalaba qozondi. Uning eng yaxshi mavsumi 2008-yil boʻlib, u uchta yakkalik chempionligini qoʻlga kiritdi va juftlik bahslarida yaxshi oʻynadi. Andreyning oʻsmirlar oʻrtasidagi soʻnggi turniri 2009-yilgi Wimbledon boʻlib, oʻzining birinchi Katta dubulgʻa chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu Vladimir Korotkov 1965 va 1966-yillarda bu muvaffaqiyatga erishganidan beri 43-yil ichida birinchi marta rossiyalik tennischining Wimbledonda gʻolib chiqishi edi[2].
Kuznetsov yakkalik bahslarida 80-24 gʻalaba va magʻlubiyat natijasi bilan 2009-yil iyul oyida dunyoda 3-oʻrinni egalladi.
U 2013-yilgi Avstraliya Ochiq chempionatining 11-raketkasi Juan Mónaconi birinchi raundda toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlubiyatga uchratib, birinchi marta Katta dubulgʻa turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi[3][4].
2014-yilgi Wimbledonda Kuznetsov besh setda yettinchi raqamda saralangan Devid Ferrerni magʻlub etib, dunyoning top-10 oʻyinchisi ustidan birinchi gʻalabasini qayd etdi. Gʻalaba Kuznetsovni birinchi marta „Katta dubulgʻa“ning uchinchi raundiga olib chiqdi[5].
2014-yilgi US Open turnirida u ikkinchi raundda Fernando Verdasconi magʻlub etgan, ammo uchinchi raundda Andy Murrayga yutqazgan[6].
Shaxsiy hayoti
tahrir2018-yil 30-iyun kuni Kuznetsov Match TV telekoʻrsatuvi boshlovchisi Darya Levchenko bilan turmush qurdi[7].
ATP finallari
tahrirNatija | Sana | Turnir | Maydon | Hamkor | Raqiblar | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
Ikkinchi oʻrin egasi | 2017-yil 12-fevral | Sofia Open, Sofiya, Bolgariya | Qattiq (i) | Mixail Elgin | Viktor Troitki Nenad Zimonjich |
4-6, 4-6 |
Boshqa finallar
tahrirUniversiada medallari uchun oʻyinlar
tahrirNatija | Yil | Chempionat | Maydon | Hamkor | Raqiblar | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
Oltin | 2013-yil | Qozon Universiadasi | Qattiq | Elena Vesnina | Shota Tagava Xiroko Kuvata |
6-4, 3-6, [12-10] |
Manbalar
tahrir- ↑ Inna Varyukhina. „Они начинают... Екатерина Косминская и Андрей Кузнецов“ (ru). korch.com.ru (2014-yil 27-may). 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar.
- ↑ Anna Kozina. „"Большой шлем" к лицу Андрюше“ (ru). Rossiyskaya Gazeta (2009-yil 7-iyul). Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „Injured Monaco first seed to fall in Melbourne“. Reuters (2013-yil 14-yanvar).
- ↑ Klein, Benjamin. „Australian Open 2013: Under-the-Radar Players Looking to Make Deep Runs“. Bleacher Report.
- ↑ „Kuznetsov dumps Ferrer out“. SportingLife (2014-yil 25-iyun). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Andy Murray reaches US Open fourth round with defeat of Andrey Kuznetsov“. TheGuardian.com (2014-yil 30-avgust).
- ↑ Andrey Kuznesov i Darya Levchenko sigrali svadbu