Andrey Rublyov
Andrey Rublyov (taxminan 1360—13701427, baʼzi manbalarga koʻra, taxminan 1430, Moskva; Andronikov monastiriga dafn etilgan) — rus rassomi; Moskva rangtasvir maktabining asoschisi. Kiborlar muhitida tarbiyalangan. Rublyov ijodi Moskva Rusi badiiy anʼanalari zaminida shakllangan, shuningdek, u Vizantiya va jan. slavyanlar badiiy amaliyotlarini ham yaxshi bilgan. Rublyov asarlari falsafiy teranligi hamda badiiy shaklining mukammalligi bilan ajralib turadi; rassom ularda insonning maʼnaviy goʻzalligi va axloqiy kuchqudratini yangicha talqin etadi (Zvenigraddagi soborlar uchun "Spas", "Havoriy Pavel", "Arxangel Mixail" va boshqa ikonalari, 14-15-asrlar chegarasida). Rublyov ijodining choʻqqisi "Troitsa" sanami (14-asr oxiri — 15-asr boshi)da anʼanaviy bibliya syujeti koʻtarinkilik va falsafiy mazmun bilan boyitilgan. Moskva, Vladimir va boshqa shaharlar soborlaridagi ikonostaslar uchun ikonalar yaratgan ("Qiyomat kuni" va boshqalar).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |