Andrey Nascimento dos Santos (2004-yil 3-may) – Braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer ligasining Chelsea klubi va Braziliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.

Andrey Santos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Nascimento dos Santos
Tavallud sanasi 3-may, 2004-yil
Tavallud joyi Rio de Janeiro, Braziliya
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011-2021 Vasco da Gama
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021–2023 Vasco da Gama 37 (8)
2023 Chelsea 0 (0)
2023 → Vasco da Gama (ijara) 10 (1)
2023 → Nottingham Forest (ijara) 1 (0)
2024 → Strasbourg (ijara) 11 (1)
Milliy terma jamoa
2019 Braziliya U-15 6 (2)
2021- Braziliya U-20 17 (8)
2023- Braziliya U-23 7 (0)
2023- Braziliya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi karyerasi

tahrir

Vasco da Gama

tahrir

Toʻrt yoshida Santos ortiqcha vaznini yoʻqotish maqsadida futzal bilan shugʻullanishin boshlagan. Unda bu oʻyinga boʻlgan muhabbat paydo boʻladi va keyinchalik Vasco da Gama jamoasi yoshlar akademiyasida dastlab himoyachi, keyinchalik esa yarim himoyachi sifatida toʻp surishni boshlaydi[1].

2021-yil 6-mart kuni Santos 16 yoshida Campeonato Carioca turniri doirasida zaxiradan maydonga tushgan holda katta futboldagi debyutini oʻtkazadi[2]. Uning ligadagi debyuiti esa 2021-yil 28-noyabrda Londrina klubiga qarshi uchrashuvda qayd etildi[3].

Chelsea

tahrir

2023-yilning 6-yanvarida Santos Vasco da Gama Santos klubni tark etib Chelsea safiga qoʻshilishi maʼlum qilindi[4].

Vasco da Gama (ijara)

tahrir

2023-yil 2-mart kuni yarim himoyachi ijara asosida sobiq klubi safiga borib qoʻshildi va u yerda 30-iyunga qadar toʻp surdi[5].

Nottingham Forest (ijara)

tahrir

2023-yil 25-avgust kuni Chelsea Santosning Nottingham Forest klubi bilan ijara shartnoma imzolaganini maʼlum qildi[6]. Ushbu klubdagi debyutini Premyer liga doirasida Anfield stadionida boʻlib oʻtgan Liverpool jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Santos 5 oy davomida Nottingham safida atigi ikki oʻyin oʻtkazgan holda oʻyin amaliyoti yetishmovchiligi sabab londonliklar safiga qaytarildi[7].

Strasburg (ijara)

tahrir

2024-yil 1-fevral kuni Santos Liga 1 jamoasi Strasburgga mavsum oxiriga qadar ijaraga berildi[8].

Statistika

tahrir
2024-yil 19-may holatiga koʻra[9]
Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Vasco da Gama 2021 Campeonato Brasileiro Serie B 1 0 2 0
2022 33 8 36 8
Umumiy 34 8 38 8
Chelsea 2022–23 Premyer Liga 0 0 0 0
2023–24 0 0 0 0
Umumiy 0 0 0 0
Vasco da Gama (ijara) 2023 Campeonato Brasileiro Serie A 6 1 11 1
Nottingham Forest (ijara) 2023–24 Premyer Liga 1 0 2 0
Strasburg (ijara) 2023–24 Liga 1 11 1 11 1
Umumiy 52 10 62 10

Terma jamoa

tahrir
2023-yil 25-may holatiga koʻra
erma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Braziliya 2023 1 0
Umumiy 1 0

Manbalar

tahrir
  1. Tom. „Who is Andrey Santos? What Chelsea can expect from Brazilian midfielder“. 90min (2022-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  2. „Volta Redonda vs. Vasco da Gama“. Soccerway (2021-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  3. „Londrina vs. Vasco da Gama“. Soccerway (2021-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  4. „Boa sorte, Andrey Santos!“ (Portuguese). vasco.com/br (2023-yil 6-yanvar). 2023-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  5. „Chelsea transfer news: Santos set for loan“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  6. „Chelsea transfer news: Santos set for loan“. Chelsea F.C. (2023-yil 25-avgust). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  7. „Andrey Santos returns to Chelsea“. Chelsea F.C. (2024-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  8. „Andrey Santos completes loan move“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  9. Andrey Santos Soccerway saytida

Havolalar

tahrir
  • Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili