Andrey Yanuarevich Vishinskiy (1883.10.12, Odessa — 1954, Nyu-York, AQSH] — Sovet Ittifoqi prokuror oʻrinbosari va prokurori (1933—39). Akademik. (1939). Vishinskiy asarlarida bayon etilgan „huquqiy“ qoidalar qonunchilikni qoʻpol ravishda buzish, ommaviy qatagʻonlarni amalga oshirish uchun xizmat qildi. Jumladan, ayblanuvchining oʻz aybiga oʻzi iqror boʻlishi — asosiy isbot-dalildir, deb qarashdan iborat gʻayriqonuniy usul keng qoʻllandi. Vishinskiy 30-yillarda „Moskva markazi“ (1935-yil yanvar), „Trotskiychi-zinovevchi terrorchilik markazi“ (1936-yil avgust), „Shoʻrolarga qarshi trotskiychilar markazi“ (1937-yil yanvar) va „Oʻng trotskiychi blok“ (1938-yil mart) ustidan (jumladan Akmal Ikromov, Fayzulla Xoʻjayev) soxta sud jarayonlarida stalincha qatagʻon siyosatini faol amalga oshirdi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil