Andriy Borisovich Yermak (ukraincha: Андрій Борисович Єрмак; 1971-yil 21-noyabrda tugʻilgan[1]) — ukrainalik kino prodyuseri, huquqshunos. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uni 2020-yil 11-fevralda Ukraina Prezidenti devonining rahbari lavozimiga tayinladi[2]. U Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining aʼzosi, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy masalalar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi shtab raisi.

Andrey Yermak
Андрій Єрмак

2024
Ukraina Prezidenti devonining rahbari
Mansab davri
11-fevral 2020-yil
Oʻtmishdoshi Andrey Bogdan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-noyabr 1971-yil
Kiyev, Ukraina
Siyosiy partiyasi Mustaqil
Taʼlim Taras Shevchenko nomidagi Milliy universiteti
Kasbi siyosatchi

Biografiyasi

tahrir

Andriy Yermak 1971-yil 21-noyabrda Ukrainaning Kiyev shahrida (oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan) tugʻilgan[1]. Yermakning rus millatiga mansub onasi Mariya oʻzining Kiyevlik otasi Boris bilan Leningrad maktabining Kiyevga sayohatida uchrashgan. Yermakning otasi yahudiy[3]. Ular 1971-yilda turmush qurishgan[4]. Yermakning oʻzidan 8 yosh kichik ukasi Denis bor[4].

Yermak 1990-yilda faoliyat boshlagan va 1995-yilda Kiyev Taras Shevchenko nomidagi Milliy universitetining Xalqaro munosabatlar institutini xalqaro xususiy huquq boʻyicha magistrlik darajasini olgan[1][5]. Xuddi shu yili u advokatlik faoliyati uchun litsenziya olgan[1]. Universitetning ikkinchi kursida oʻqituvchilaridan birining iltimosiga koʻra Proxen advokatlik kompaniyasida ishlay boshladi[4].

1997-yilda Yermak Xalqaro huquq firmasiga asos solgan va intellektual mulk va tijorat huquqi bilan shugʻullangan[2]. 2006-yildan 2014-yilgacha u huquqshunos sifatida Mintaqalar partiyasi deputati Elbrus Tedeyevga yordam bergan[6][2].

2010-yilgi Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida Yermak Kiyevning 216-saylov okrugidan nomzod Arseniy Yatsenyukning ishonchli vakili boʻlgan[7].

Yermak 2012-yilda Garnet xalqaro media guruhiga asos solgan[8] va Rule of Battle kabi filmlarning prodyuseri boʻlgan[9].

Yermak Vladimir Zelenskiy bilan 2011-yilda, Zelenskiy Inter telekanalining bosh prodyuseri boʻlganida tanishgan[10]. Yermak 2019-yilgi Ukraina prezidentligi saylovlarida Zelenskiyning saylovoldi tashviqoti guruhida ishlagan[11].

2019-yil 21-may kuni yangi saylangan prezident Zelenskiy Yermakni prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha yordamchisi etib tayinladi[2]. Bu lavozimda u Donbasdagi urush paytida Rossiya bilan yirik qamoqxonalar almashinuvi boʻyicha muzokaralar olib bordi[12]. Yermak Tramp—Ukraina mojarosi avj olgan paytda Zelenskiy nomidan Kurt Volker va Rudi Giulianining aloqa nuqtasi boʻlgan[13].

Prezident Zelenskiy 2020-yil 11-fevralda Yermakni Ukraina Prezidenti devonining rahbari etib tayinladi[2]. Yermak ertasi kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi boʻldi[14].

Yermak 2022-yil 2-martda Gumanitar va ijtimoiy masalalar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi shtab raisi sifatida faoliyatini boshladi[15].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Yermak butun umri davomida Kiyevda yashagan. U uylanmagan, farzandi yoʻq[16].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Yermak replaces Bohdan as head of Presidentʼs Office, 112 Ukraine (11 February 2020)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Zelensky dismisses head of presidentʼs office Bohdan, appoints Yermak instead, Interfax-Ukraine (11 February 2020)
  3. Berman. „Top Zelensky adviser opens up about his Jewish roots, urges greater Israeli support“. Times of Israel. Qaraldi: 2022-yil 25-mart.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  5. „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  6. „Who is Mr Yermak? 10 quotes from the new head of the President's Office“. Glavcom (2020-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  7. „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  8. Andrey Yermak IMDbda
  9. Another assistant to the President was film producer Ermak, Ukrinform (21 May 2019)
  10. „Who is Mr Yermak? 10 quotes from the new head of the President's Office“. Glavcom (2020-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  11. „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  12. „Bohdan turbo mode. As he broke into the team of Zelensky and left the OPU head“. Ukrainska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  13. „Andriy Yermak replaces Andriy Bohdan as head of presidential office“. Kyiv Post. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  14. „Decree of the President of Ukraine № 52/2020“ (uk). Office of the President of Ukraine. Qaraldi: 2020-yil 15-fevral.
  15. „Zelensky creates Coordinating Office for Humanitarian and Social Issues“. Interfax Ukraine (2022-yil 3-mart). 2022-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  16. „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.

Havolalar

tahrir
Siyosiy idoralar
Oldingisi
Andrey Bogdan
Ukraina Prezidenti devonining rahbari
2020-yildan
Keyingisi
Amaldagi