Angelo Ogbonna
Obinze Angelo Ogbonna (talaffuzi: Obinze Anjelo Ogbonna) (Italyancha talaffuzi: ˈandʒelo oɡˈbɔnna ) (1988-yil 23-mayda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Angelo Ogbonna „West Ham United“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
![]() Ogbonna West Ham United klubida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Obinze Angelo Ogbonna[1] | ||
Tavallud sanasi | 23-may 1988-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Cassino, Italiya | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Uotford | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Cassino | |||
2002—2006 | Torino | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2013 | Torino | 150 | (1) |
2007—2008 | → Crotone (ijara) | 22 | (0) |
2013—2015 | Juventus | 41 | (0) |
2015—2024 | West Ham United | 201 | (8) |
2024—.... | Uotford | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009—2010 | Italiya | 10 | (0) |
2011—2016 | Italiya | 13 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 27-avgust uchun) |
Dastlab Angelo Ogbonna "Nuova Cassino" futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Shundan soʻng, Angelo Ogbonna 2002-yilda „Torino“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. Angelo Ogbonna 18 yoshida Alberto Zaccheroni qoʻl ostida A Seriyada debyut qilgan. C1 seriya vakili „Crotone“ futbol klubida ijarada oʻynaganidan soʻng, Angelo Ogbonna „Torino“ klubiga qaytib keldi. Keyin Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubi bilan yana besh mavsum oʻynadi. 2013-yil iyul oyida Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubini tark etib, "Juventus" futbol klubi safiga qoʻshildi. Angelo Ogbonna yangi klubi bilan 2013—2014 va 2014—2015-yillarda Scudettoni, shuningdek, 2013-yilgi Italiya Superkubogi va 2014—2015-yilgi Italiya kubogini qo‘lga kiritdi .
Angelo Ogbonna 2012-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Angelo Ogbonna 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ham Italiya milliy futbol terma jamoasi safida Italiya sharafini himoya qilgan.
Oʻyin uslubi
tahrirAngelo Ogbonna kuchli markaziy himoyachi hisoblanadi. Ogbonna birinchi navbatda oʻzining ajoyib jismoniy xususiyatlari bilan tanilgan[3][4]. Angelo Ogbonna, shuningdek, toʻpni raqibdan tez olib qoʻyish qobiliyati va yaxshi pozitsion tuygʻuga egaligi bilan ajralib turadi[5][6]. Angelo Ogbonnaning tezligi, texnikasi, toʻpni oʻzida saqlash qobiliyati, maydonni koʻrish qobiliyati va chap oyogʻi bilan yaxshi ishlay olishi tufayli u baʼzan chap qanot himoyachisi sifatida ham tanilgan[3][4].
Shaxsiy hayoti
tahrirAngelo Ogbonna 1983-yilda Nigeriyadan Italiyaga hijrat qilib, mamlakatning markaziy qismidagi Cassino shahrida qo‘nim topgan nigeriyalik oilada tug‘ilgan. Angelo Ogbonna Italiyada tugʻilganiga qaramay, 18 yoshga to‘lganidan keyingina Italiya fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘lgan[7].
2008-yil 22-dekabrda Angelo Ogbonna soat 5:00 atrofida Smart mashinasining boshqaruvini yo‘qotib, ko‘prikdan pastga qulab, avtohalokatga uchradi. Lekin keyin avtohalokatdan tuzalib ketdi[8].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | UEFA | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Torino | 2006—2007 | Serie A | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 4 | 0 | |||
2008—2009 | 19 | 0 | 4 | 0 | — | — | — | 23 | 0 | |||||
2009—2010 | Serie B | 31 | 1 | 1 | 0 | — | — | 3 | 0 | 35 | 1 | |||
2010—2011 | 35 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 37 | 0 | |||||
2011—2012 | 39 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 41 | 0 | |||||
2012—2013 | Serie A | 22 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 23 | 0 | ||||
Jami | 150 | 1 | 10 | 0 | — | — | 3 | 0 | 163 | 1 | ||||
Crotone (ijara) | 2007—2008 | Serie C1 | 22 | 0 | 1 | 0 | — | — | 2 | 0 | 25 | 0 | ||
Juventus | 2013—2014 | Serie A | 16 | 0 | 2 | 0 | — | 6 | 0 | 1 | 0 | 25 | 0 | |
2014—2015 | 25 | 0 | 4 | 0 | — | 1 | 0 | 0 | 0 | 30 | 0 | |||
Jami | 41 | 0 | 6 | 0 | — | 7 | 0 | 1 | 0 | 55 | 0 | |||
West Ham United | 2015—2016 | Premier League | 28 | 0 | 5 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 34 | 1 | |
2016—2017 | 20 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | — | 26 | 0 | |||
2017—2018 | 32 | 1 | 3 | 0 | 4 | 2 | — | — | 39 | 3 | ||||
2018—2019 | 24 | 1 | 2 | 0 | 3 | 2 | — | — | 29 | 3 | ||||
2019—2020 | 31 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 33 | 2 | ||||
2020—2021 | 28 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 30 | 3 | ||||
2021—2022 | 11 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 1 | |||
2022—2023 | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | — | 10 | 0 | |||
Jami | 176 | 8 | 15 | 1 | 11 | 4 | 10 | 0 | — | 212 | 13 | |||
Jami | 389 | 9 | 32 | 1 | 11 | 4 | 17 | 0 | 6 | 0 | 455 | 14 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Italiya | 2011-yil | 1 | 0 |
2012-yil | 4 | 0 | |
2013-yil | 4 | 0 | |
2014-yil | 1 | 0 | |
2016-yil | 3 | 0 | |
Jami | 13 | 0 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.
- ↑ „Angelo Ogbonna Profile“ (en). Premier League. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Torino: Fenomeno Ogbonna, gioiello per l'estate“ (it). tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 2014-yil 13-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 Adam Digby. „Juve's Prem-linked stopper who needs a new home this summer“. FourFourTwo.com (2015-yil 29-may). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ MINA RZOUKI. „Giorgio Chiellini's leadership will be missed in UCL final absence“. ESPN FC (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ Dave Taylor. „Ogbonna – From Bull to Bianconero“. Football Italia (2013-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ „All Black Italians“. Italia-Razzismo (2009-yil 20-oktyabr). 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-noyabr.
- ↑ „Che paura per Ogbonna! Giù da un ponte con l'auto“ (it). La Gazzetta dello Sport (2008-yil 22-dekabr). 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-dekabr.