Angemiton tovushqator (yun. an — inkor yuklamasi, hemi — yarim va tonos — ton) — musiqada yarim tonlik-siz tovushqator va oʻzga tuzilmalar. Bular odatda xalq, xususan Sharq kuylarida keng uchraydi. Oʻzbek mumtoz musiqasida daromaddan oʻrta avjga, oʻrta avjdan — katta avjga oʻtish chogʻlarida kuzatiladi. Yana qarang Pentatonika.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil