Anglo-russkiy russko-angliyskiy vizualniy mini-slovar

inglizcha-ruscha vizual lugʻat

„Anglo-russkiy russko-angliyskiy vizualniy mini-slovar“ (ruscha: Англо-русский русско-английский визуальный мини-словарь) — rasmlar bilan bezatilgan inglizcha-ruscha lugʻat. Lugʻat Jean-Claude Corbeil hamda Ariane Archambault fransuz tilida tuzgan lugʻat asosida nashrga tayyorlangan. Kitob huquqlari QA International tashkilotiga tegishlidir.

Anglo-russkiy russko-angliyskiy vizualniy mini-slovar
Asl nomi Англо-русский русско-английский визуальный мини-словарь
Muharrir(lar) Jean-Claude Corbeil, Ariane Archambault
Til ingliz, rus
Janr(lar)i lugʻat
Nashr etilgan sanasi 2014
ISBN ISBN 978-5-699-71460-5

Inglizcha-ruscha nashr ilk bor 2014-yil Moskva shahrida „Eksmo“ nashriyotida bosilib chiqqan. 2016-, 2018-yillarda qayta chop etilgan. Lugʻatdan 13 500 soʻz hamda 5 500 rasm oʻrin olgan.

„Anglo-russkiy russko-angliyskiy vizualniy mini-slovar“ boshqa tillar juftligida ham chop etilgan. Ruscha-inglizcha versiya Rossiyada ayrim oliy taʼlim muassalasrining dasturlarida talabalarga tavsiya qilinadgian qoʻshimcha adabiyorlardan oʻrin olgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Рабочая программа учебной дисциплины «Английский язык»“ (ruscha). Астраханский базовый медицинский колледж (2021). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.

Havolalar

tahrir