Angor echkisi
Angor echkisi — echkining qimmatli serjun zoti. Angor echkisining vatani Turkmanistonning gʻarbi. Turkmanlarning bir qismi 13-asrda bu yerdan Kichik Osiyoga koʻchib borgan va natijada hozirgi Turkiyaning Angora (Anqara) viloyati Angor echkisi ni urchitish markaziga aylangan. Bu zotning Angor echkisi deb atalishi ham shundan kelib chiqqan. 19-asrdan AQSH, Afri-kadagi ayrim mamlakatlar, Avstraliyada boqiladi. Angor echkisining juni mayin, oq, tovlanuvchan, gʻoyat egiluvchan va pishiq (uz. 18 — 25 sm). Takalari oʻrta hisobda 50 — 55 kg keladi, yiliga 5 — 7 kg jun beradi, urgʻochilari 32 — 36 kg ga bora-di, 3,1 kg jun beradi. 65 — 70% toza jun chiqadi. Har yuz bosh Angor echkisidan yiliga 105 uloq olinadi. Sogʻin echkidan 70 — 100 kg sut sogʻib olish mumkin, yogʻlik darajasi 4,2 — 4,4%. Oʻzbekiston (Pop tumani)ga 1936-yilda AKShning Texas va Nyu-Meksika shtatlaridan keltirilgan Angor echkisi ni jaydari echkilar bilan chatishtirib serjun echki zoti yaratildi (1962). Angor echkisi Oʻzbekistonda, asosan Namangan, Andi-jon viloyatlarida boqiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |