Angor quyoni
Angor quyoni — quyon zoti; tiviti angor echkisinikiga oʻxshaganligi sabab-li shu nom bilan atalgan. Angor quyonining juni mayin, ipaksimon, rangi oq, baʼzan havo rang va qora. Angor quyonining kallasi katta, qulogʻi kalta, yetuk quyonlarning vazni 2,3 — 3,5 kg, tanasi uz. 43 sm. Bir bolalashda 7 tagacha nasl beradi. Aq.ning tiviti Oʻzbekiston sharoitida aprelning ikkinchi yarmida tarab olinadi (bir yilda 250 g gacha tivit), yuqori sifatli trikotaj va fetr mahsulotlar tayyorlanadi. A.k,- yoz issigʻiga chidamsiz boʻlganidan salqin zonalarda boqiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |