Angor tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qoʻshib yuborildi. 1979-yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni 387,3 kv.km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996). Tuman markazi—Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli—gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayron). Angor soʻzini „Gʻalladan boʻshagan dala“ maʼnosini anglatadi. Toshkent—Termiz avtomobil yoʻli yoqasida, yaqin temir yoʻl bekati (Navshahar)—14 km. Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi bor. Tuman gʻalla, paxta va sabzavot – poliz ekinlariga ixtisoslashgan. Bogʻ va tokzor bor.

Angor tumani
Ангорский район
tuman
Tarkibida Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Angor (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Angor tumani xaritada
37°27′0″N 67°9′0″E / 37.45000°N 67.15000°E / 37.45000; 67.15000

Angor tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979-yil 4-dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Istiqlol, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi – Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6—4-asrlarda aholi manzillari boʻlgan. Kushan podsholi-gi davrida (1-3-asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qalʼasi Angorning markazi boʻlgan. 6—7-asrlarda qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. Oʻtmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, gʻarbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolida Xovdogʻ, janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2 – 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 31 – 32°. Yiliga 120 – 130 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining gʻarbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib oʻtadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sugʻoriladi. Tuprogʻi boʻz, taqir, qumloq tuproq. Tuproq shoʻrlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarb yoʻnalishida zovur qazilgan. Shoʻra, yantoq, jingʻil, qiyoq, qamish, burgan kabi choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Tuman hududining koʻp qismi 484oʻzlashtirilganligi sababli choʻldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi. Aholisining aksari qismi oʻzbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 218 kishi toʻgʻri keladi. Aholisining 90%dan ortigʻi qishloqlarda yashaydi. Xoʻjaligi. Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi, 104 dehqon-fermer xoʻjaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man gʻalla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bogʻdorchilik va tokchilik bilan ham shugʻullaniladi. 1999/2000 oʻquv yilida 40dan ortiq umumiy taʼlim maktabida 20559 oʻquvchi taʼlim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, „Orzu“ kinoteatri aholiga xizmat koʻrsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000).[1]

Etimalogiyasi

tahrir

Mahalliy aholi „Hosili yigʻishtirib olingan gʻalla maydoni“ maʼnosidagi angor soʻzi bilan bogʻlab, qadimda Termiz va uning atrofidagi oʻtroq aholining lalmikor dehqonchilik qiladigan gʻallazori, yaylovi boʻlgan joy, deb izohlaydi. Tuman nomiga aylangan angor geografik termini haqida ikki xil talqin mavjud. Birinchisi, odatda bugʻdoy, arpa kabi gʻallasi oʻrib olingan maydon shevalarda angor, adabiy tilda angʻiz deyiladi. Qadimda angor soʻzi oʻlchov birligini ham anglatgan. Koʻpincha, atrofi uvat bilan oʻralgan yaxlit ekin maydoni bir angor deyilgan. Ikkinchi talqin toponimist olim T.Nafasovga tegishli, uning yozishicha, aholi punkti nomiga forscha angor soʻzi emas, balki „suv yoʻli, kanal“ maʼnosidagi anhor (arabcha – „nahr“ soʻzining koʻpligi) soʻzi asos boʻlib xizmat qilgan. Olimning fikricha, nom dastlab suv obyekti – Surxon va Sherobod daryolaridan chiqarilgan kanalning nomi boʻlgan. Bu suv yoʻli Anhor (arabcha „ariq, kanal“) deb atalgan. Vaqt oʻtishi bilan anhor soʻzi mahalliy xalq talaffuzida angor shakliga oʻzgargan. Ayrim hollarda anhor soʻzining oʻzi ham mustaqil toponim oʻrnida ishlatiladi. Tarixiy manbalarda hozirgi angor tumani hududida miloddan avvalgi VI-IV asrlarda ham aholi manzilgohlari boʻlganligi qayd qilingan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Kushon podsholigi davrida (I-III asrlar) ushbu hududda dehqonchilik rivojlangan oʻsha davrlarda Zartepa qal’asi Angorning markazi boʻlgan[2].


Angor shaharchasi (aholisi 14,3 ming kishi) hududi oʻrnida Axomaniylar davridayoq (miloddan avvalgi 6-9-asr) aholi manzillari boʻlgan. Kushon podsholigi davrida (1-3-asr) bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi. Angorning janubiydagi Zartepa qalʼasi uning maʼmuriy markazi boʻlgan. Kushon podsholigidan soʻng mavqey soʻndi. 6-7 – asrda bu yerda hayot yangidan jonlandi. Katta – kichik qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga keldi. Bulardan yiriklari : Bolaliktepa, Yumoloqtepa, Gazlartepa, Kuchuktepa, Jovliqoʻrgʻon, Zangtepa, Zartepa, Kuyovqoʻrgʻon, Qarlamtepa, Qizqoʻrgʻon, Oʻrdalitepa. Oktabr toʻntarilishiga qadar Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Keyingi vaqtda yangi – yangi koʻchalar ochildi, 1991-yil shaharchaga (shahar tipidagi posyolka) aylantirildi. Angorning sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjalik mahsulotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq. Shaharchada madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Xudoyberganov Y, Uluqov N., Mirakmalov T.. O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI, Donishmand ziyosi, Toshkent, 12.09.2022. — 23-24-bet. ISBN 978-9943-7673-7-9. 




OLTIN K