Angren gres
(Angren issiqlik elektr stansiyasidan yoʻnaltirildi)
Angren gres, Angren issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik inshoot. Angren shahri yaqinida 1957-63 yillarda qurilgan. Stansiyada har birining quvvati 60,5 MVt boʻlgan 8 turboagregat bor. Oʻrnatilgan quvvati 484 MVt. Asosiy yoqilgʻisi — Angren koʻmir konidan qazib olinadigan qoʻngʻir koʻmir. GRES Ohangaron daryosidan suv bilan taʼminlanadi, Olmaliq — Ohangaron sanoat zonasiga hamda Toshkent viloyatidagi xoʻjaliklar va sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib beradi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubidagi viloyatlarini birlashtirgan Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika sistemasiga ulangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |