Angren oltin boyitish fabrikasi
Angren oltin boyitish fabrikasi — oltin rudasini boyituvchi fabrika, „Oʻzbekolmosoltin“ uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Angren shahridan 6 km uzoqliqda, shaharning gʻarbida joylashgan. 1971-73 yillarda qurilgan. Fabrikada Koʻchbuloq, Qizilolmalisoy va boshqa oltin konlaridan qazib olingan ruda qayta ishlanadi (qayta ishlanadigan rudalar tarkibida 40 ga yaqin minerallar uchraydi). Fabrikada olingan gravio va flotokon-sentratlar yana qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joʻnatiladi. Fabrikada ishlab chiqariladigan mahsulotdan oltin, kumush, mis, selen, tellur, vismut kabi me-tallar olinadi. Fabrika 1992-93 yillarda „Oʻrta Osiyo rangli metallar“ loyiha ilmiy tadqiqot instituta loyihasi asosida rekonstruksiya qilindi va ishlab chiqarish quvvati ikki marta oshirildi. Fabrika negizida qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Nyumont (AQSH), Mitsui (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda yopiq turdagi „Angrengold-kompani“ qoʻshma korxonasi barpo etish boʻyicha shartnoma imzolandi (1997).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |