Aniq quyish
Aniq (Presizion) quyish — metallurgiyada mexanik ishlov berishni talab qilmaydigan quymalar olish usuli.
Qiyin ishlov beriladigan materiallar (legirlangan poʻlat, olovbardosh va qattiq qotishmalar va hokazolar)ni quyishda aniq quyish ishlatiladi. Aniq quyish quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi: buyum namunasini tayyorlash; mum modellar quyish uchun press-qolip tayyorlash; mum modellar quyish; quyma qolipini tayyorlash; mumni eritish va qolipini qizdirish; metallni eritish va qolipga quyish; quygichlarni urib chiqarish va quymani tozalash. Aniq quyish usuli sanoatning turli sohalarida keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |