Aniqmas tenglama
Aniqmas tenglama — bittadan ortiq nomaʼlumlarni oʻz ichiga oluvchi tenglama. Nomaʼlumlar soni tenglamalar sonidan katta boʻlgan tenglamalar sistemasini Aniqmas tenglama lar sistemasi deyiladi. Aniqmas tenglama cheksiz kup yechimga ega. Aniqmas tenglama atamasi sonlar nazariyasida ishlatiladi; unda Aniqmas tenglamaning biror arifmetik shartlarga javob beradigan yechimlari qaraladi. (Odatda, Aniqmas tenglamaning butun yoki ratsional sonlardagi yechimlari izlanadi). Bu xil yechimlarni izlash Diofant tenglamalari nazariyasining vazifasidir.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |