Anizotropiya (yun. anisos — bir xil boʻlmagan va tropos — yoʻnalish) — modda fizik xossalarining har xil yoʻnalish va kesimlarda har xil boʻlishi. A., mas, kristallarning qattiqdik, issiqlik, optik, magnit, elektr va boshqa xossalari uchun xos. Disten, andaluzit, grafit kabi minerallarning qattiqligi boʻylamasiga bir xil boʻlsa, koʻndalangiga boshqacha boʻladi. Bir yoqlama bosim taʼsi-rida dastlabki tuzilishini oʻzgartirib, har xil kesimda turlicha tuzilishni hosil qilgan, tarkibidagi minerallar maʼlum qonuniyatga boʻysoʻngan togʻ jin-slariga anizotropik togʻ jinslari deyi-ladi. A. hodisasi minerallarning optik xususiyatini oʻrganishda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil