Anjomasozlik — temirchilikning anjoma yasovchi sohasi. Anjomasozlik asosan, yirik shaharlarda rivojlangan. Oʻtmishda anjoma turlarini bir ustaning oʻzi yoki bir necha maxsus usta yasar edi. Anjomasozlik ishlari ham pichoqchilik, taqachilik kabi bozorda maxsus ishxona (doʻkon)da olib borilardi. Anjomasozlik doʻkonida usta, korgar, devonavachcha va damgarlar ishlardi. Korgar va devonavachchalar „arvohi pir“ bergan xalfalar boʻlib, damgarlikni shogird olib borardi. Keyingi yillarda xalq hunarmandchiligiga eʼtibor kuchayib, anjomasozlik ham rivojlanmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil