Annoba
(Annabadan yoʻnaltirildi)
Annoba (arabcha: عنّابة, ʿAnnāba; fransuzcha: Bon) — Jazoirning shimoli-sharqidagi shahar, Annoba viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod. Transport yoʻllari tuguni. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Yirik savdo markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat (tamaki, vino, konserva, un tortish va boshqalar), metallurgiya (al-Hajar majmuasi), metallsozlik, kimyo (ammiak, mineral oʻgʻitlar), toʻqimachilik sanoa-ti korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Universitet bor. A.ning koʻhna qismida shahar qal’asi (qasaba) va Sidi bu Meruan masjidi (1033) saqlangan.
Annoba | |
---|---|
36°54′0″N 7°46′0″E / 36.90000°N 7.76667°E | |
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |