Anne Alvik – Norvegiyalik shifokor, davlat siyosatchisi. 1937-yil 7-mayda Namsosda tugʻilgan[2]. U 1962-yilda Oslo universitetini tibbiy fanlar nomzodi ilmiy darajasi bilan tamomlagan. 1980-yilda London Gigiyena va Tropik tibbiyot maktabida ijtimoiy tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha fan magistri darajasiga erishgan. 1977-yildan 1982-yilgacha Norvegiya sogʻliqni saqlash boshqarmasida bosh shifokor yordamchisi lavozimida ishlab boshlagan.

Anne Alvik
Tavalludi 1937[1]
Fuqaroligi Norvegiya
Taʼlimi Oslo universiteti
Kasbi Shifokor
Faoliyat yillari 1977-yildan — hozirgacha

1982-yildan 1985-yilgacha u Akershusda okrug shifokoriga yordamchi boʻlgan. 1985-yilda Sogʻliqni saqlash boshqarmasi direktor yordamchisi lavozimida, 1992-yilda esa direktorlik lavozimiga koʻtarilgan[3]. 1994-yildan boshlab Sogʻliqni saqlash boshqarmasi Norvegiya Sogʻliqni saqlash nazorat kengashi deb eʼlon qilindi[4]. Anne Alvik 1983-yilda maʼmuriy tadqiqot fondida menejment boʻyicha malaka oshirgan hamda 1984—1985-yildan jamoatchilik tibbiyoti boʻyicha mutaxassislikka erishgan.

Bir necha yil davomida birlamchi tibbiy-sanitariya hizmatida turli tibbiy lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2000-yildan Anne direktorlik lavozimini tark etadi va bu vazifa Petter Øgarga topshirilgan[5]. Birinchi martdan boshlab Petterga oylik taʼtilga chiqdi. Birinchi sentabrda davlat kengashi uni isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[6]. Uning oʻrniga Lars E. Xanssen direktor etib tayinlandi.

Anne 1988-yildan 1992-yillar oraligʻida Yevropa Kengashi Jamoat salomatligi qoʻmitasining delegati lavozimida, 1997-yildan 2000-yilgacha esa Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti boshqaruv kengashi aʼzosi lavozimlarida ishlab keldi[7]. Shuningdek Norvegiya saraton assotsiatsiyasi, Norvegiya tibbiyot uyushmasi, Norvegiya tadqiqot kengashi, Norsk forsk uchun Hovedkomiteen qoʻmitasi tashkilotlariga jalb qilingan. 1975-yildan 1979-yilgacha Liberal partiyasining Ås munitsipal kengashiga aʼzo boʻlgan. Akershus okrugi kengashi aʼzoligiga ham qoʻshilgan. Anne 1975-yildan 1976-yilgacha partiyaning parlament kotibi lavozmida faoliyat yuritgan.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. Anne Alvik 60 år 7. mai (Norwegian). Norwegian News Agency (1997-yil 18-aprel).
  3. 70 år 7. mai: Senorrådgiver Anne Alvik (Norwegian). Norwegian News Agency (2007-yil 19-aprel).
  4. Henriksen, Petter, ed (2007). "Statens helsetilsyn" (Norwegian). Store norske leksikon. Oslo: Kunnskapsforlaget. http://www.snl.no/Statens_helsetilsyn. Qaraldi: 20 August 2009. 
  5. Mye etterforskning gjenstår i Bærum-saken (Norwegian). Norwegian News Agency (2000-yil 25-may).
  6. Offisielt fra statsråd (Norwegian). Norwegian News Agency (2000-yil 1-sentyabr).
  7. „Styre og ledelse“ (Norwegian). Norwegian Cancer Association. 2008-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-avgust.