Anod
Anod (yun. anodos — koʻtarmoq, ana — yuqoriga va hodos — yoʻl, harakat) — 1) elektr toki manbaining musbat elek-trodi, mas, galvanik element yoki elektr akkumulyatorning musbat qutbi; 2) elektr tokining musbat qutbiga tutashtirilgan elektron asbob (ion asbobi) elektrodi; 3) elektrolitik vannaning musbat qutbi (qarang Elektroliz); 4) elektr yoyining mus-bat elektrodi. Qoʻllanish sohasiga qarab 532A. materiali sifatida metallar (tantal, molibden, nikel, mis, temir, volfram va boshqalar) hamda grafit ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |